Haval (marka)
Turi | Avtomobil |
---|---|
Egasi | Great Wall Motors |
Qachon asos solingan | 2013 |
Vebsayti |
haval.com.cn (Chinese) gwm-global.com/brands/haval/haval-global.html (English) |
Haval (xitoycha: 哈弗; pinyin: Hāfú; barcha harflar katta qilib yozilgan) – bu Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisi Great Wall Motor (GWM) ga tegishli avtomobil brendi boʻlib, krossoverlar va SUV avtomobillariga ixtisoslashgan[1]. Haval 2013-yil mart oyida GWM mahsulot liniyasidan alohida brend sifatida ajralib chiqdi. 2024-yil holatiga koʻra, Haval GWMning Tank, Ora va Wey kabi boshqa brendlari orasida eng mashhuri hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Haval nomi birinchi marta 2005-yilning aprel oyida chiqarilgan Great Wall Haval CUV modelida ishlatilgan (dastlab „Hover“ deb nomlangan, keyinchalik „Haval H3“ deb oʻzgartirilgan). Bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan dastlabki kompakt SUVlardan biri edi. Great Wall Safe avtomobilining vorisi hisoblangan Haval CUV koʻproq shahar uchun mos dizaynga ega edi. Oldinroq Great Wall Motor (GWM) asosan pikaplar va yoʻltanlamas SUVlar ishlab chiqarardi[2]. 2006-yil sentabr oyida 500 ta Haval CUV Italiyaga eksport qilindi. Bu Xitoyning xususiy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasining Yevropaga katta miqdordagi birinchi avtomobil eksporti edi[3].
2011-yilda chiqarilgan Great Wall Haval H6 oʻzining 100,000 yuanlik raqobatbardosh narxi bilan mashhurlikka erishdi. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng, 2013-yil mart oyida Haval oʻz logotipiga ega alohida brend sifatida ajralib chiqdi. Kompaniya GWMning Great Wall brendidan keyingi ikkinchi brendga aylandi. H6 oilasi tezda kengayib, kupe SUV versiyasi, dizel versiyasi va toʻrt gʻildirakli boshqaruv tizimiga ega modellarini chiqardi[4].
2017-yilda Haval brendi Red Label va Blue Label (Qizil va Moviy belgilar) nomli kichik brendlarga boʻlindi. Bu kichik brendlar mos ravishda qizil va moviy logotiplarni ishlatgan. Brendlar oʻrtasidagi farqlar avtomobilning tashqi dizayni, interierning tuzilishi va foydalanilgan materiallarida boʻlgan. Shuningdek, ushbu sub-brendlar turli dilerlik tarmoqlari orqali sotilgan[5]. 2019-yilda bu strategiya bekor qilinadi va Haval logotipi qora rangga qaytariladi[6].
2018-yilda, Haval yoshlar segmentiga yoʻnaltirilgan F-seriya modellarini taqdim etdi. Bu modellar, masalan, F5 va F7, aerodinamik dizaynga ega edi[7].
2018-yilga kelib, Haval Xitoyda SUV savdosi boʻyicha toʻqqiz yil ketma-ket birinchi oʻrinni egalladi. 2019-yil yanvar oyida brend oʻzining 5 millioninchi avtomobilini ishlab chiqardi. Shu bilan birga, GWM asoschisi Vey Tsyanjun Havalning globalizatsiya strategiyasini (5-2-1 strategiyasi) eʼlon qildi. Bu strategiyaga koʻra, besh yil ichida brend yillik 2 million dona avtomobil sotishni va dunyodagi eng yirik SUV brendiga aylanishni maqsad qilgan[2].
2023-yil aprel oyida Shanxay avtosalonida Haval oʻzining yangi logotipini taqdim etdi[8].
Bozorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Haval brendi Avstraliya, Argentina, Braziliya, Bangladesh, Bolgariya, Yangi Zelandiya, Rossiya, Janubiy Afrika, Buyuk Britaniya, Benin, Tunis, Kot-d’Ivuar, Chili, Paragvay, Ekvador, Misr, Gvatemala, Boliviya, Peru, Malayziya, Bruney, Saudiya Arabistoni, Meksika va Filippin (2023 yildan boshlab), Zimbabve, BAA, Pokiston, Iroq, Eron[9] va boshqa davlatlarda faoliyat yuritadi.
Haval Avstraliya bozoriga 2015-yil mart oyida H2, H8 va H9 modellari bilan kirib kelgan[10]. 2017-yilga kelib, Avstraliyada Haval dilerlik tarmogʻi mamlakat boʻylab 15 ta dilerga ega edi. Taqqoslash uchun, 2015-yilgi brend taqdimotida bor-yoʻgʻi toʻrtta diler mavjud edi. 2018-yil boshida yana 10 ta diler qoʻshilishi kutilgan va 2024-yil fevral holatiga koʻra Haval dilerlar sonini 68 taga yetkazgan.
2019-yil iyun oyida Haval Rossiyaning Tula viloyati Uzlovaya sanoat parkidagi zavodida F7 va H9 modellarini ishlab chiqarishni boshladi[11].
Mahsulotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi avtomobillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Model | Hozirgi avlod | Avtomobil tafsilotlari | ||||
---|---|---|---|---|---|---|
Rasmi | Nom(lar)i | Xitoycha nomi | Taqdim etilgan
(kal. yil) |
Taqdim etilgan
(kal. yil) |
Yangilanish | |
F7/Shenshou | 神兽
Shénshòu |
2021 | 2021 | - | Compact SUV, ICE/PHEV | |
H3 / Cool Dog | 酷狗
Kùgǒu |
2022 | 2022 | - | Compact SUV, ICE/PHEV | |
H5 | H5 | 2010 | 2023 | - | Toʻliq hajmli SUV. | |
M6 | - | 2017 | 2021 | Compact SUV | ||
H6 | - | 2011 | 2017 | 2021 | Compact SUV, ikkinchi avlod. | |
2020 | - | Compact SUV, uchinchi avlod, ICE/PHEV/HEV | ||||
H6S / H6 GT | - | 2021 | 2021 | - | H6ning Compact Coupe SUV varianti | |
Jolion | 初恋
Chūliàn |
2020 | 2020 | - | Compact SUV, ICE/HEV,
Xitoyda savdolar 2021-yilda toʻxtatilgan, eksport davom etmoqda. | |
Jolion Pro / Chitu | 赤兔
Chìtù |
2021 | 2021 | - | Compact SUV, ICE/PHEV | |
Dargo / Big Dog | 大狗
Dàgǒu |
2020 | 2020 | - | Compact SUV | |
H7 / Dargo X / Big Dog X | 2023 | - | Compact SUV, ICE/PHEV, ikkinchi avlod modeli[12] | |||
F7/F7x | - | 2018 | 2018 | - | Compact Coupe SUV, Xitoyda savdolar 2021-yilda toʻxtatilgan, Rossiyada ishlab chiqarish davom etmoqda.[13] | |
Xiaolong | 枭龙
Xiāolóng |
2023 | 2023 | - | Compact SUV, PHEV | |
Xiaolong Max | 枭龙MAX
Xiāolóng MAX |
2023 | 2023 | - | Oʻrta hajmli SUV, PHEV | |
Raptor | 猛龙
Měnglóng |
2023 | 2023 | - | Oʻrta hajmli SUV, PHEV | |
H9 | - | 2014 | 2024 | - | Toʻliq hajmli SUV. |
Toʻxtatilgan avtomobillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rasmi | Nom(lar)i | Taqdim etilgan
(kal.yil) |
Toʻxtatilgan (kal.yil) |
---|---|---|---|
F5 | 2018 | 2020 | |
H2 | 2014 | 2021 | |
H2s | 2016 | 2019 | |
H4 | 2017 | 2020 | |
H6 Coupe | 2015 | 2021 | |
H7 | 2015 | 2021 | |
H8 | 2013 | 2018 | |
M4/H1 | 2013 | 2021 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „A flood of cheap Chinese cars is coming to Australia — and they want to overtake Toyota“. News.com.au (2015-yil 23-aprel). Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „哈弗仅13年就迈进500万俱乐部!已9年销冠的哈弗还有多大野心?“ [Haval has entered the 5 million club in just 13 years! How ambitious does Haval, which has been ranked No. 1 for nine years, still have its ambitions?]. Dongchedi (2019-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „哈弗背后的故事“ [The story behind Haval]. Dongchedi (2017-yil 30-mart). Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „从哈弗H6看长城汽车的发展史“ [Looking at the development history of Great Wall Motors from Haval H6]. Dongchedi (2021-yil 5-iyun). Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „解析哈弗H6红标和蓝标有何差异,助你购车不再选择困难!“ [Analyze the difference between the red label and blue label of Haval H6 to help you no longer have to make a difficult choice when buying a car!]. www.sohu.com (2019-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „"黑标"正式取代"红蓝双标",哈弗的又一次自我否定“ [“Black Label” officially replaces “Red and Blue Label”, another self-denial of Haval]. Guancha.cn (2019-yil 19-mart). Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „哈弗品牌发展史,一条不断探索,精益求精,不断追求的路_车家号_发现车生活_汽车之家“ [The development history of the Haval brand is a path of continuous exploration, excellence and pursuit] (zh-CN). Chejiahao Autohome (2019-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ Zachariah, Ben „Chinese brand Haval rolls out new logo at Shanghai Auto Show“ (en-AU). Drive (2023-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
- ↑ „Haval Motors SA Pty Ltd“. www.haval.co.za. Qaraldi: 2020-yil 31-yanvar.
- ↑ „2015 HAVAL H2, H8 and H9 launched in Australia...“ (en-AU). Practical Motoring (2015-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-fevral.
- ↑ „Российский завод Haval: зачем его построили и как он работает“ [Russian Haval plant: why it was built and how it works] (ru). zr.ru. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „На полступени выше. Тест-драйв Haval Dargo X“ [Half a step higher. Test drive Haval Dargo X] (ru). Autonews (2023-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „It was produced 100,000th Haval car in Russia“ (en). eng.autostat.ru (2023-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.