Kontent qismiga oʻtish

Hatice Şendil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hatice Şendil
Tavalludi 2-avgust 1983
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktrisa

Hatice Şendil (1983-yil 2-avgust, Istanbul) – turk aktrisasi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligi va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hatice Şendil 1983-yil 2-avgustda Istanbulda, Selanik va Moradan Istanbulga koʻchib kelgan muhojirlar oilasida tugʻilgan. Uning onasi Istanbullik, otasi esa Antaliyadan[1]. Uning ikkita singlisi bor.

Universitetda biznes boshqaruvi boʻyicha taʼlim olgan. 2001-yilda oʻtkazilgan „Turkiya goʻzali“ tanlovida ishtirok etib, 3-oʻrinni egallagan. Keyin u Yevropa Goʻzallik Tanlovida (Yevropa goʻzali) 4-oʻrin sohibasi boʻlgan. 2001-yilda Çelik Erişçining 8-qoʻshiqlar albomidan „Töre“ nomli qoʻshiq uchun olingan klipda rol oʻynagan. Aktrisalik faoliyatidan tashqari ot minish darslari bilan ham shugʻillangan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-2010-yillarda "Kurtlar Vadisi Pusu" serialida Ebru Alemdar rolini ijro etgan.

U 2010-2011-yillar oraligʻida televideniyada namoyish etilgan „Karadağlar“ serialida Erdal Özyağcılar, İbrahim Çelikkol, Korel Cezayirli, Burak Sağyaşar, Ahmet Rıfat Şungar va Güzin Özyağcılar bilan birgalikta rol ijro etgan. Bu serial orqali Gülhayat obrazini gavdalantirdi.

U 2012-2014-yillarda namoyish etilgan „Dila Hanım“ serialida Erkan Petekkaya, Mahir Günşiray, Necip Memili ve Yonca Cevher kabi mashhur aktyorlar bilan birgalikda rol oʻynagan.

U 2014-2015-yillar oraligʻida efirga uzatilgan "Kaderimin Yazıldığı Gün" serialida Özcan Deniz bilan birga bosh rolda oʻynagan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hatice Şendil 2015-yilda Burak Sağyaşar bilan turmush qurgan[3][4][5]. 2017-yilda ular Can ismli oʻgʻil farzandli boʻlishdi[6][7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Arşivlenmiş kopya“. 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20 aralık 2020.
  2. „Çelik - Töre [Hatice Şendil - Kurt Puslu Havayı Sever“]. 13 nisan 2024da asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Oyuncu Hatice Şendil ve Burak Sağyaşar evlendi“. www.cumhuriyet.com.tr.
  4. „Ünlü oyuncu çift evlendi“. www.ntv.com.tr.
  5. „Hatice Şendil dünya evine girdi.“. siyasetdergisi.com.tr. 30 kasım 2023da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 nisan 2024.
  6. Haber. „Hatice Şendil anne oldu“. https://www.internethaber.com/hatice-sendil-anne-oldu-1777973h.htm (18 mayıs 2017). 26 ağustos 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 nisan 2024.
  7. „Hatice Şendil anne oldu“. Yasemin. 28 eylül 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 nisan 2024.