Hasbi hol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hasbi hol (arab. — ahvol bayoni, hol-ahvol tasviri) — shoir yoki yozuvchi tomonidan muayyan vaziyatdagi hol-ahvoli bayoniga bagʻishlab yozilgan asar. Hasbi hol koʻpincha masnaviy shaklida yozilib, biror shaxsga (hukmdor yoki yaqin kishisiga) qaratilgan maktub tarzida (mas, Alisher Navoiyning Sayy-id Hasan Ardasher nomiga yozgan mas-naviysi) yoki shoirning oʻz ahvolidan shikoyati, noroziligi bayonidan iborat boʻlishi mumkin (Mujrim Obidning "Hasbi hol"i, Shukuriy masnaviylari va boshqalar). Hasbi hol yozuvchi biografiyasini, u yashagan davrni oʻrganish uchun qimmatli manba qisoblanadi.