Hasanboy Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hasanboy Ahmadjonovich Rahimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1998-yil 7-yanvar
Boʻyi 188 sm
Vazni 113 kg
Sport
Qaysi sport kurash
Murabbiy(lar)i Boris Nedarezo
Medallar

Islom birdamlik oʻyinlari

3Bronza medali sohibi Konya 2021

Hasanboy Ahmadjonovich Rahimov (1992-yil 7-yanvarda tugʻilgan) oʻzbek erkin kurashchisi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kurash bilan 2013-yilda shugʻullana boshlagan. Birinchi marta 2015-yilda kurash boʻyicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Kadetlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 100 kilogramm vazn toifasida uchinchi boʻlgan.

2017-yilda oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni boʻlgan. 2018-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.

2019-yilda 125 kg vazn toifasida Xitoyda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida beshinchi boʻlgan.

2019-yili Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari oldidan sayyoramiz chempionatida 125 kilogrammgacha vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi faoliyatida ilk bor bronza medalini qoʻlga kiritdi va Milliy olimpiya qoʻmitasiga Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari litsenziyasini taqdim etdi.

Chempionatdan so‘ng uchta erkin kurashchi, jumladan, Xasanboy Rahmonov antidoping qoidalarini buzgani uchun diskvalifikatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi. Oʻzbekiston Olimpiya oʻyinlari litsenziyasi Kosovo Respublikasiga berildi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Trio of Olympic Licenses Reassigned After Anti-Doping Rules Violations“ (en). United world wrestling. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.