Hasan Rasulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hasan Gʻofurovich Rasulov (1913.15.3, Qizil Urda shahri, Qozogʻiston — 1992.22.3, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), professor (1965). Toshkent kechki pedagogika institutida oʻqituvchi (1933 yildan), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti falsafa kafedrasining mudiri (1948—67). 1968 yildan Toshkent Davlat Universiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar oʻqituvchilari malakasini oshirish instituti falsafa kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari axloq, falsafa fanlarini oʻqitish metodikasi masalalariga bagʻishlangan. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil