Hasan Abulqosimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hasan Pirnazarovich Abulqosimov, iqtisod fanlari doktori (2005), professor (2007), Xalqaro mehnat va bandlik akademiyasining akademigi (2014).

Hayoti va mehnat faoliyati[tahrir]

1953- yil 9 - avgustda Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan.

1970-1975 yy. - Toshkent davlat universiteti talabasi.

1975-1995 yy. - Toshkent davlat texnika universitetiSiyosiy iqtisod”(“Iqtisodiyot nazariyasi”)   kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti.

1995-1999 yy. - Toshkent davlat universiteti “Bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri.

1999-2005 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish nazariyasi va amaliyoti” (2005 yildan “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish”deb nomlangan)  kafedrasi mudiri.

2005-2012 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektor  (o‘rindoshlik asosida “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish” kafedrasi mudiri).

2012-2013 yy. - M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Biznesni boshqarish” kafedrasi professori.

2013y. - h.v.     - M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi professori.

Mukofotlari[tahrir]

2006 y. - O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi ko‘krak nishoni.

2011 y. - O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi ko‘krak nishoni.

2007 y. - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining hurmat belgisi nishoni.

2008 y. - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining hurmat belgisi  nishoni.

Ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati[tahrir]

1984 yilda i.f.d.,professor M.L.Tursunxo‘jaev rahbarligida“ Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy omillari”(O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi materiallari asosida) (“Sotsialno-ekonomicheskie faktorы povыsheniya effektivnosti obщestvennogo proizvodstva» (na materialax selskoxozyaystvennogo mashinostroeniya Uzbekistana) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini  08.00.01-Siyosiy iqtisod (Iqtisodiy nazariya)  mutaxassisligi bo‘yicha himoya qildi. 1990 yildan dotsent.

2005 yilda 08. 00.01-Iqtisodiy nazariya mutaxaxassisligi bo‘yicha “Shakllanayotgan bozor iqtisodiyotida inson omili va uni faollashtirish yo‘llari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2007 yildan professor.

Ilmiy va pedagogik faoliyati iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiyot, mehnat iqtisodiyoti, mintaqaviy iqtisodiyot, institutsional iqtisodiyot, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiyotda inson omili va insoniy taraqqiyot, O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, davlatning iqtisodiy siyosati, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kabi fan va fan yo‘nalishlari  doirasida  amalga oshirilmoqda. Uning  400 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarni, shu jumladan, 22 ta monografiya, 3 ta darslik, 70 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va risolalari nashr etilgan. Ko‘plab xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiya, forum va seminarlarda ishtirok etgan. Mustaqillik yillarida 320 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari nashr qilingan. Xorijiy nashrlarda 1 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq maqola va tezislari nashr qilingan.

Mustaqillik yillarida 3 ta nomzodlik ishlariga va 3ta doktorlik ishlariga bevosita rahbar bo‘lgan.

H.P.Abulqosimov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi 16.07.2013.1.03.01- raqamli iqtisodiyot nazariyasi va menejment ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha ixtisoslashgan kengash aʼzosi; Shuningdek, iqtisodiyot nazariyasi fani bo‘yicha ixtisoslik va malakaviy imtihonlar qabul qiluvchi kengashlar aʼzosidir.

Professor H.P.Abulqosimov 2005-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining “Jamiyat va boshqaruv ( Obщestvo i upravleniya” ) jurnalining tahririyat aʼzosi bo‘lgan. 2013 yildan Talim tisimida ijtimoiy-gumanitar fanlar jurnalining tahririyat aʼzosi.


Abulqosimov H.P. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo‘mitasining

A-2-9“O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va kichik tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash yo‘nalishlari” (2015-2017yy) grantiga rahbar;

F-1-125 “O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mehnat bozorining rivojlanish xususiyatlari va aholi bandligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi (2012-2017 yy) grant ijrochisi;

A-2-42 “O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning nazariy asoslari va ustuvor  yo‘nalishlari” (2015-2017 yy)granti ijrochisi. PS-20170928187 raqamli "Mamlakatning iqtisodiy xavfsislini va raqobatbardoshligini taminlash mexanismini takomillashtirish yollari" granti ijrochisi. PS-20170929167 raqamli "Detsentralisatsiya mexanismlarini ishlab chiqish mahalliy bydjetlar daromad basasini mustahkamlash va xududlarni ijtimoiy rivojlantirish omili sifatida" granti rahbari

Asosiy ilmiy va uslubiy ishlari[tahrir]

Абулкасимов Х.П. Личный фактор в перестройке экономики. -Т.: Узбекистан, 1990. 110 с., 5 п.л.

Абулкасимов Х.П. Теоретические аспекты социальной политики Республики Узбекистан в современных условиях. –Т.: Фан, 1994. 24с.

Абулкасимов Х.П. Проблемы  государственного регулирования экономики в современных условиях. Т.:ТГТУ. 1994. 68 с.

Абулкасимов Х.П. Личный фактор общественного производства в условиях перехода к рыночной экономике. -Т.: Изд. ТГТУ, 1996 171 с (11,5 п.л.).

Абулкасимов Х.П. Проблемы формирования, функционирования и активизации личного фактора общественного производства в условиях переходной экономики. -Т.: Университет, 1999. 153 с. (10,5 п.л.).

Абулкасимов Х.П. Шаклланаётган бозор иқтисодиёти шароитида инсон омили ва уни фаоллаштириш йўллари –Т.:  ТМИ нашриёти, 2005. 225 б. (14,6 б.т.).

Абулкасимов Х.П.Иқтисодий хавфсизлик. –Т.: Академия, 2006 224б (14 б.т.).

Абулкасимов Х.П. Иқтисодиётда инсон омили: шаклланиши, амал қилиши ва фаоллашуви –Т.: Академия, 2006 248 б (21,6 б.т.).

Абулкасимов Х.П.. Рахимова Д.Н., Хасанов Р.Р. ва бош. Ижтимоий- иқтисодий жараёнларни бошқариш. -Т.: Ғафур Ғулом, 2007. 50б.т. (ҳаммуаллифликда).

Абулқосимов Ҳ.П., Назаров Қ.Н. ва бошқалар. Миллий ғоя ва раҳбар масъулияти. Т.: Ғофур Ғулом нашриёти, 2007. 570 бет.

Абулқосимов Ҳ.П., Ҳакимов М.М Жўраева Д.З. Иқтисодиётда инсон омили ролини оширишнинг ижтимоий-иктисодий масалалари. Т.: Фан, 2007, 92 бет.

Абулкасимов Х.П. Ўзбекистонда ижтимоий-иқтисодий ислоҳотлар. -Т.: Академия, 2008 224б (14 б.т.).

Абулкасимов Х.П., Рахимова Д.Н. ва бош. Замонавий менежмент назарияси ва амалиёти.Дарслик. 1-китоб. -Т.: Академия, 2009  840 б (52 б.т.) (ҳаммуаллифликда).

Абулкасимов Х.П., Рахимова Д.Н. Направления совершенствования управления подготовки кадров для националного рынка труда – Т.: “Фан ва технология”, 2009 йил 212 с (14 п.л.) (в соавторстве).

Абулкасимов Х.П., Шодмонов Ш.Ш., Қулматов А.А. Иқтисодий билим асослари. –Т.; Академия, 2010 304 б (19 б.т.) (ҳаммуаллифликда).

Абулқосимов Ҳ.П., Хасанов Р.Р. Ўзбекистоннинг ижтимоий-иқтисодий ислоҳотлари. -Т.: Академия, 220 б (15 б.т.) (ҳаммуаллифликда).

Абулкасимов Х.П. Приоритеты реформирования и модернизации экономики Республики Узбекистан.- Т.: “Молия” 2010, 82 c.(4,5п.л.). Абулкасимов Х.П.Экономика труда (Учебное пособие)-Т., изд. ТФ РЭУ 2011. 448 с. (хаммуллифликда). Абулқосимов Ҳ.П.Макроиқтисодий тартибга солиш ва Ўзбекистоннинг барқарор ривожланиши,Монография.- Т.: Аkademiya, 2011, 188 бет.

Абулқосимов Ҳ.П.Замонавий менежмент: назария ва амлиёт.Дарслик. 2-китоб.-Т.: Шарқ,2011.,590 6ет.(ҳаммуаллифликда).

Абулқосимов Ҳ.П.Иқтисодиётни тартибга солишнинг бозор ва давлат механизмлари. Монография.Т.: Аkademiya, 2012, 455 бет.

Абулқосимов Ҳ.П.Давлатнинг иқтисодий хавфсизлиги. Ўқув қўлланма.-Т.: Аkademiya,2012. 352бет.

Абулқосимов Ҳ.П., Хамраев О.Я.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (Ўқув қўлланма)-T.:“Iqtisod-moliya”,2014, 304бет.

Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов м.ҳ.Иқтисодиёт: қисқача изоҳли луғат.-Т.: “Noshirlik Yogdusi”, 2015.- 448 бет. Абулқосимов Ҳ.П., Жўраев Т.Т.Иқтисодчи олимлар (қисқача маълумотнома).-Т.: “ Fan va texnologiya”, 2016. 336 бет.

Абулкасимов Ҳ.П., Абулкасимов М.Х., Саидахмедова Н.И.Экономическая безопасность предпринимательской деятельности. Учебное пособие.Т.:Ilmiy-Texnika Axboroti-Press, 2016. – 168 с.

Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Х.Иқтисодиётга оид атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати.-T.: – “ABU MATBUOT-KONSALT”,2017.- 628 бет.

Абулқосимов Ҳ.П.Ўзбекистонда ишбилармонлик муҳитини яхшилаш ва кичик тадбиркорлик фаолияти иқтисодий хавфсизлигини таъминлаш йўналишлари.Монография.-Т.:Ilmiy-TexnikaAxboroti-Press, 2017. – 208 бет.

Абулқосимов Ҳ.П., Расулов Т.С.Озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашнинг назари й жиҳатлари ва йўналишлари. Монография.-Т., Fan va texnologiy,2017.-210бет.

Абулқосимов Ҳ.П., Назаров Қ.Н. ва бошқ.Маънавият:асосий тушунчалар изоҳли луғати. Янги нашр.-Т.: “Ғафур Ғулом”, 2017.-760бет.

Абулкасимов Ҳ.П., Расулов Т.С.Особенности научно-технической и инновационной политики стран СНГ, Ближнего и Среднего Востока. Учебное пособие.-Т., ТашГИВ, 2017.380 с. Абулқосимов Ҳ.П.Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш. Ўқув қўлланма.-Т.:“Noshirlik yogdusi”, 2018. - 520 бет.

Абулқосимов Ҳ.П., Расулов Т.С.Мамлакат иқтисодий хавфсизлиги ва рақобатбардошлигини таъминлашнинг илмий-назарий асослари.Монография.-Т.:LESSON PRESS, 2018. 156бет.

Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ.Иқтисодий хавфсизлик: назария ва амалиёт. Ўқув қўлланма.-Т.:Ноширлик ёғдуси, 2019.-620бет.

Абулқосимов Ҳ.П., Расулов Т.С.Мамлакат иқтисодий хавфсизлиги ва рақобатбардошлигини таъминлашнинг устувор йўналишлари. Монография.-Т.: “Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи”, 2019.-395бет.

Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ., Топилдиев С.Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш. Дарслик.-Т.:Iqtisodiyot, 2019.-425бет.