Harom qoravoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Harom qoravoy — qoravoylar oilasiga mansub qush. Sharqiy yarim sharning Shim.-Sharqiy Yevropa va Sibirdan boshqa hamma joylarida keng tarqalgan. Ogʻirligi 3 kg gacha, qanoti 33—38 sm. Yetuk individlari yashil-binafsha metalldek yaltiraydi. Boshining pastki qismida yarim-oysimoy oq dogʻi bor. Urchish davrida ensasida uzun ingichka patlar paydo boʻladi. Harom qoravoy — monogam qush. Koloniya boʻlib, suv havzalari qirgʻogʻidagi qoyalarga, qamishlar orasiga va daraxtlarga uya quradi. 5—6 ta tuxum qoʻyib, nari va modasi navbat bilan 28— 30 kun bosadi. 12—13 haftadan soʻng yosh qushlar mustaqil hayot kechira boshlaydi. Asosan, baliqlar bilan oziqlanadi. Baliqchilik xoʻjaliklariga ziyon yetkazadi. Ovchilik ahamiyatiga ega emas.