Harf terish mashinalari
Harf terish mashinalari -matbaa bosma qolipi matn qismini tayyorlash uchun moʻljallangan mashinalar. Birinchi Harf terish mashinalarim. 19-asr boshlarida yaratildi va matn satrlarini ayrim litera (harf) lardan terishni mexanizatsiyalashga imkon berdi. 1822-yilda ingliz ixtirochisi U. Chyorch klaviaturali litera terish (litera-nabor) mashinasini yasadi. 1866— 67 yillarda rus ixtirochisi P.P.Knya-ginskiy perfolentali dastur asosida boshqariladigan litera terish mashinasini yaratdi. 19-asr oxirida linotip va monotip yaratilganidan keyingina Harf terish mashinalarim. keng qoʻllanila boshladi. Fotonabor mashinalarining yaratilishidagi dastlabki qadamlar ham huddi shu davrga toʻgʻri keladi.
Harf terish mashinalarim. asosan uch xilga: terish-quy-ish, terish-yozish va fotonabor mashinalariga boʻlinadi. Bularning yarim avtomat va avtomat turlari boʻladi. Yarim avtomat mashinada harf teruvchi ishchi harflarni asosan klaviatura yordamida teradi. Avtomat mashina esa perfolenta yoki boshqa biror axborot eltuvchiga yozilgan dastur asosida boshqariladi. Hozir qoʻlyozma matnlari va rasmlari asosan kompyuterpa terilib va sahifalanib ishlab chiqarishga topshiriladi. U yerda kontakt usulida plyonkaga oʻtkazilib, montaj qilingach (sa-hifalangach), metall qolipga koʻchi-riladi va bosma mashinaga oʻtkaziladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |