Kontent qismiga oʻtish

Hard times (novel)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hard Times: For This Times (asosan Hard Times nomi keng tarqalgan) Charles Dickens tomonidan yozilgan oʻnta asardan biri boʻlib, asar 1854-yilda nashr etilgan. Kitob ingliz jamiyatining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yoritib bergan.

Hard Times asarini turlicha talqin qilish mumkin. Bu roman Dickensning qisqa novellalaridan farqli[1]. Shuningdek, ushbu roman voqealari Londonda sodir boʻlmaganligi nuqtai nazaridan, Dickensning voqealar rivoji Londondan ayri holda yozilgan yagona asari hisoblanadi[1].

Ushbu roman Dickensning Household Words nomli haftalik nashriyotida chop etilgan. Roman hajmi 110,000 ta soʻzni tashkil etadi. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Elizabeth Gaskellning North and South asari ham aynan shu jurnalda nashr etilgan.

Louisa va Tom va ularning ikkita toʻngʻich farzandlari.

Tomas Gradgrind – badxulq kishi. Uning ismini eshitgan inson sovuq haqiqatlarni yodga oladi. Tomas Utilitarian gʻoyalarni inkor etuvchi shaxs.

Josiah Bounderby – janob Gradgrindning biznes hamkori. U janob Gradgrindning qizi Louisa bilan turmush quradi. Ular farzand koʻrishmaydi.

Louisa (Loo) Gradgrind, janob Gradgrind oilasining toʻngʻich farzandi. U xuddi, yosh bolaga oʻxshab fikrlarini aniq va ravon ifodalashga qiynaladi. U baxtsiz turmushidan soʻng, ota uyiga qaytadi.

Tomas (Tom) Gradgrind, Junior Gradgrindlar oilasining ikkinchi farzandi. U Bounderby bankida faoliyat yuritadi.

George Bernard Shaw
  1. 1,0 1,1 Collins 1992.