Harbiy prokuratura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Harbiy prokuratura (OʻzRda) -Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura tizimining Qurolli Kuchlarda, boshqa harbiy tuzilmalar, harbiy korxonalar, harbiy oʻquv muassasalari, harbiylashtirilgan boʻlinmalarda pro-kuror nazoratini olib boruvchi ixti-soslashgan organlari. Harbiy prokuratura ning asosiy vazifalariga davlat xavfsizligi, xududiy daxlsizlik va qoʻshinlardagi harbiy tayyorgarlik boʻyicha qonun ustuvorligini taʼminlash, harbiylarning hamda ularning oilalari huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, Qurolli Kuchlarning qonuniy manfa-atlarini kasbiy huquqbuzarliklardan himoya etish va bunday huquqbuzarliklarning oldini olish kiradi. Harbiy prokuratura organlari qonunda belgilangan tartibda fuqarolarning, harbiy xizmat-chilarning va yuridik shaxslarning ariza hamda shikoyatlarini koʻrib chiqadilar, ularning buzilgan qonuniy huquq va manfaatlarini tiklash yuzasidan tegishli choralarni koʻradilar. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boʻlmish Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy pro-kurorini respublika Prezidenti la-vozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi. Hozirda Shuhrat Uzoqov harbiy prokuror lavozimida ish yuritmoqda.harbiy-prokuror/