Harbiy bilet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Harbiy bilet - Oʻzbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan yoki zaxiraga oʻtkazilgan (isteʼfoga chiqarilgan) fuqarolarga beriladigan hujjat. Harbiy bilet harbiy xizmatda boʻlgan oddiy askar, matros, serjant shaxsini tasdiqlovchi, cheklanmagan muddatli hujjat hisoblanadi. Unda zaxiradagi fuqarolarningharbiy xizmatga aloqasi koʻrsatilgan. Harbiy xizmatda boʻlgan ofitserlar va generallarga shaxsiy guvohnoma beriladi. Ularga zaxiraga oʻtkazilganda yoxud isteʼfoga chiqishganda ofitserlik (generallik) Harbiy bileti beriladi.