Haniflar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Haniflar — islom dini vujudga kelmasdan ilgari arablar orasida yakkahudolik gʻoyasini targʻib qilgan shaxslar. Musulmonlar rivoyatiga qoʻra, ular islomgacha Arabistonda qabila xudolariga sigʻinishni rad etgan, yakkahudoga astoy-dil ishongan, lekin xristianlikka ham, yahudiylikka ham qoʻshilmagan. Muhammad (sav) ham oʻz targʻibotini H.dan biri sifatida boshlagan. Qurʼonda Ibrohim ham hanif deb nomlangan, uning chinakam yak-kaxudolikka asoslangan dinini Muham-mad (sav) tiklagan, deb hisoblanadi.

8—9-asrlardan boshlab musulmon adabiyotida H. koʻpincha "musulmonlar", islom esa "xaniflik dini" maʼnosida ishlatilgan. Sufiylar ham oʻzlarini H. deb atashardi.