Hanifa Mavlonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hanifa Muhiddinovna Mavlonova (30-yanvar 1924, Xoʻjand – 24-oktabr 2010, Moskva) — xonanda (lirik-dramatik soprano). Xalq artisti (1968). Xoʻjand musiqa bilim yurtini (1936), Moskva konservatoriyasini (1959) tugatgan. Xoʻjand Yosh tomoshabinlar teatri (1937—39), Xoʻjand musiqali drama teatri (1939—43), 1943 yildan S. Ayniy nomidagi opera va balet teatrining yetakchi aktrisasi. Mohin ("Tohir va Zuhra"), Gulroʻ ("Poʻlat va Gulroʻ"), Maysara ("Maysaraning ishi"), Nisso ("Baxtiyor va Nisso"), Mariya ("Mazepa"), Yaroslavna ("Knyaz Igor"), Margarita ("Faust"), Dezdemona ("Otello") kabi rollari bilan shuhrat qozondi. M.ning ovozi diapazoni keng , yorqin va jarangdorligi bilan ajralib turadi. M. tojik va oʻzbek mumtoz qoʻshiqlari hamda zamonaviy qoʻshiqlarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil