Hamid Ziyoyev
Hamid Ziyoyev | |
---|---|
Tavalludi |
|
Vafoti | 13-iyul 2015 |
Hamid Ziyoyev (15-iyun 1923, Toshkent - 15.7.2015, Toshkent[1]) – tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori, professor (1968), Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan (1946). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutiilmiy xodimi (1950—63), yangi tarix shoʼbasi mudiri (1964—65), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1965–85). 1996 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida yetakchi ilmiy xodim. Ziyoyevning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo, Rossiya va Sharkiy Turkiston tarixi, 14–20-asrlardagi Oʻzbekiston tarixini oʻrganishga oid. Ziyoyev Turkiston mustamlaka davri tarixi muammolari bilan bogʻliq tadqiqotlar olib bormoqda. „Jasorat“ medali bilan taqdirlangan (1994)[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ http://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/o-zbek-ziyolilari/hamid-ziyoyev-1923-2015
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash (18—20-asr boshlari), T., 1998; Istiqlol maʼnaviyat negizi, T., 1999; Tarix – oʻtmish va kelajak, T., 2000; Oʻzbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi, T., 2001.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |