Hamdam Tojiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hamdam Tojiyev
Tavalludi 1900-yil
Eski shahar, Toshkent
Vafoti 1938-yil 4-oktyabr
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Moskva Qizil professorlar instituti
Faoliyat yillari 19091938
Otasi Ishchi bo'lgan

Hamdam Tojiyev  (1900-yil tavallud topgan — 1938-yil vafot etgan) — Buxoro shahar partiya komiteti birinchi sekretari.

Hamdam Tojiyev 1900-yilda Toshkent shahrining  Yakkachoʻp mahallasida[1] tavallud topgan. Millati o‘zbek. Oliy ma‘lumotli. 1917-yilda Toshkentdagi rus-tuzem maktabini tamomlagan. 1924-1928-yillarda Sverdlov nomidagi kommunistik universitetda tahsil olgan. Keyinchalik Moskva shahrida joylashgan Qizil professorlar institutini tugatgan. Mehnat faoliyatini 1909-1918-yillarda Toshkentdagi choyxonada qora ishchi bo‘lib ishlashdan boshlagan. 1919-yildan boshlab Toshkentning Eski shahrida joylashgan „Namuna“ maktabida dars bergan. Shu bilan birga Toshkent Eski shahar komsomolida madaniyat va targ‘ibot bo‘limi mudiri boʻlib ishlagan. 1920-yilning sentyabr oyidan 1922-yilga qadar tuman komsomol tashkilotida mas‘ul inspektor bo‘lib xizmat qilgan. Undan so‘ng Eski Buxoroda Komsomol Markaziy komiteti mas‘ul sekretari bo‘lib ishlagan. Hamdam Tojiyev Kommunistik universitetda o‘qib yurgan kezlarida Oʻrta Osiyo respublikalarida oʻtkazilgan milliy chegaralanish munosabati partiya ishiga jalb qilingan. 1925-yilning oktyabridan 1926-yil oxirigacha qadar Toshkent shahri Eski shahar rayon partiya komiteti Toshkent boʻlimi rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 1929-yilning may oyigacha Oʻzbekiston K (b) P Markaziy komitetida mas’ul inspektor, 1930-yilning iyun oyigacha Oʻzbekiston davlat nashriyoti idorasi raisi, 1930-yil oʻrtalaridan 1931-yil iyunigacha Kattaqoʻrgʻon tumani partiya komiteti mas’ul kotibi boʻlib ishlagan.

1931-yilning avgustidan boshlab 1932-yil soʻnggiga qadar Moskva shahrida joylashgan Qizil professorlar institutida tahsil olgan. 1936-yil sentyabridan 1938-yilga qadar yaʼni qamoqqa olinguncha Buxoro shahar partiya komiteti birinchi sekretari boʻlib ishlagan. Oilali. Yashash manzili sifatida Buxoro shahri, Kogon massivi 8-uy roʻyxatga olingan[2].

SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining Toshkentda boʻlib oʻtgan yigʻilishida Hamdam Tojiyev otuvga hukm qilinadi. Sud va ijro 1938-yil 4-oktyabrda boʻlib oʻtgan[3]. Hamdam Tojiyev keyinchalik oqlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ТАДЖИЕВ Хамдам“ (ruscha). centrasia.org. Qaraldi: 13-iyul 2023-yil.
  2. Rustambek Shamsutdinov. O'zbekistonda sovetlarning qatag'on siyosati va uning oqibatlari (1-kitob) (o'zbekcha). Toshkent: Sharq nashriyoti 2012 — 83 bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 
  3. O'zbekistonda Sovet davlatining qatag'on siyosati:kelib chiqish sabablari va fojiali oqibatlari. Ilmiy maqolalar to'plami. Toshkent 2012.