Hamd
Qiyofa
Hamd (arabcha: حمد — ulugʻlanish, taʼriftavsif, madh) — biror kimsa shaʼniga maqtov sheʼr. Sharq mumtoz adabiyotida Allohni madh etuvchi hamdlar koʻp yaratilgan, ular odatda doston muqaddimasining maxsus bobi boʻlgan. Masalan, Alisher Navoiy, Mashrab, Munis, Ogahiy va boshqa shoirlar devonlari hamd gʻazallar bilan boshlanadi. Hamd gʻazallar 2 xil boʻladi:
- Tavhid hamdlar;
- Munojot hamdlar.
Alisher Navoiy ijodida har ikki koʻrinishdagi hamd gʻazallar koʻp uchraydi. Ayniqsa uning „Xamsa“ asaridagi dostonlarda hamdning goʻzal namunalari bor. Oʻtmishda nasriy asarlar ham qisqacha hamd bilan boshlangan. Shuningdek, qadimgi turkiy, arab va fors adabiyotida paygʻambarlar, shohlar va boshqa shaʼniga ham hamdlar bitilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Hamd“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (H-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gʻafforova Z., Navoiyning hamd va naʼt gʻazallari, T., 2001.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Hamdga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |