Halti
Boshqa nomi |
fin tilida: Halti |
---|---|
Joylashuvi | Norvegiya |
Koordinatalar | 69°19′22″N 21°16′44″E / 69.32278°N 21.27889°E G OKoordinatalari: 69°19′22″N 21°16′44″E / 69.32278°N 21.27889°E G O[1] |
Eng qulay yoʻl | Finlyandiyadagi Kilpisjärvi shahridan 50 km (30 mi) atrofida piyoda yoki Norvegiyada Kåfjorddalendan 5 km (3 mi) piyoda boriladi. |
Halti | |
---|---|
![]() Halti fjelt ning cho'qqisi | |
Joylashuvi |
![]() 69°19′22″N 21°16′44″E / 69.32278°N 21.27889°E G OKoordinatalari: 69°19′22″N 21°16′44″E / 69.32278°N 21.27889°E G O{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page[1] |
![]() Halti joylashuvi |
Halti (fin: Halti, ayrim holatlarda Haltiatunturi, shimoliy Sami tilida Háldičohkka, shvedcha: Haldefjäll) Norvegiya va Finlyandiya chegarasidagi felllardan biri hisoblanadi. Eng baland choʻqqisi (balandligi 1,365 m (4,478 ft)) Ráisduattarháldi deb nomlangan boʻlib, Norvegiyaning Nordreysa va Gaivuotna-Kåfjord munitsipalitetlari oʻrtasidagi chegarada, Finlyandiya bilan chegaradan taxminan bir kilometr (5⁄8 milya) shimolda joylashgan[2]. Finlyandiya tomonidagi fellning eng baland nuqtasi dengiz sathidan 1,324 m (4,344 ft) balandlikda qad roslagan hamda mamlakatning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Halti togʻining Finlyandiyadagi qismi Laplandiya provinsiyasidagi Enontekiö munitsipalitetiga tegishli.
Finlyandiyadagi eng baland nuqtasi Raisduattarhaldi boʻlib, 1,324 m (4,344 ft) balandlikda joylashgan. Norvegiya chegarasida Hálditšohkka nomi bilan tanilgan, eng baland choʻqqi Finlyandiyada emas; chegara hududida joylashgan[3].
Chegaraning shunday boʻlishining sababini 1734-yilda Norvegiya Daniyaga tegishli boʻlgan va Finlyandiya Shvetsiyaning bir qismi boʻlgan Shvetsiya-Daniya chegara shartnomasida bu holatni koʻrish mumkin. Shartnoma chegarani faqat togʻlar kabi eng katta tabiiy obyektlar bilan belgilaydi. Shunday qilib, xalqaro chegara komissiyalari togʻli chegara boʻylab yurishadi va chegara belgilarini qulay boʻlgan joyga qoʻyishadi. Haqiqiy chegara, oʻsha paytdagi odatiy amaliyot boʻlgani kabi, bu belgilar orasidagi toʻgʻri chiziqda yotishiga kelishib olingan[4].
Finlyandiyaning eng baland nuqtasiga chiqishning bir yoʻli 55 km (34 mi) trekking yoʻli boʻlib Saana, Kilpisjarvidan Haltigacha choʻzilgan. Eng oson yoʻnalish Norvegiyaning Birtavarre shahridan boradigan mahalliy yoʻldan (faqat yozda ochiq) 6 km (3 1⁄2 mi) masofa oʻtib boriladi. Yoʻnalish toshloqdan iborat va piyoda holda yurishga moslashmagan.
Chegarani oʻzgartirish taklif qilinmoqda[tahrir | manbasini tahrirlash]
2015-yilda bir guruh norvegiyaliklar ikki davlat chegarasini 200 m (660 ft) koʻchirish orqali Halditshokka choʻqqisini 2017-yilda Finlyandiyaga mamlakat mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan berish loyihasini boshladilar[5]. Bu g‘oya har ikki mamlakatda ham katta jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va 2016-yil iyul oyida Norvegiya Bosh vaziri Erna Solberg cho‘qqidan voz kechish haqida jiddiy qaror qabul qilish xususidagi fikrlarini keng ommaga eʼlon qilingan edi[6]. Norvegiya oxir-oqibat Norvegiya konstitutsiyasining mamlakatni „ajralmas va voz kechilmas“ hudud sifatidagi taʼrifiga asoslanib, chegarani koʻchirmaslikka qaror qildi[7].
Gallereya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Skandinaviya togʻlari
- Finlyandiyaning ekstremal nuqtalari
- Yevropa davlatlarining eng baland nuqtalari roʻyxati
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 Andoza:Cite peakbagger
- ↑ Store norske leksikon. „Halti“ (no). Qaraldi: 4-aprel 2010-yil.
- ↑ „Norja ehdottaa, että Halti saisi uuden huipun Suomen puolella“ (9-sentabr 2016-yil).
- ↑ „Asiantuntija vastaa: Tämän vuoksi Haltin huippu ei ole Suomen puolella rajaa“ (16-dekabr 2015-yil).
- ↑ „Norway launches campaign to give Finland a mountain“. The Telegraph (18-dekabr 2015-yil).
- ↑ „Norway considers giving mountain to Finland as 100th birthday present“. The Guardian (28-iyul 2016-yil).
- ↑ „Halti plan halted: Norway will not gift mountain top to neighbour Finland“. The Guardian (15-oktabr 2016-yil).