Halqali chuvalchanglar
Jump to navigation
Jump to search
Halqali chuvalchanglar (AppePya) — umurtqasiz hayvonlar tipi. 8 mingga yaqin turi maʼlum. Gavdasi bir necha mm dan 3 m gacha (tro-pik yomgʻir chuvalchangi). Segment (hal-qa)larga boʻlingan tanasi ikki tomonlama simmetriyali. Har bir segmentda qilli oʻsimta — parapodiyalar bor. Qon oʻtkazish sistemasi yopiq. Teri, baʼzilari jabra orqali nafas oladi. Chiqarish organi nefridiyalardan ibo-rat. Bosh miya, halqum osti gangliyasi va qorin nerv zanjirlari nerv sistemasini tashkil etadi. Ayrim jinsli yoki germafrodit (qarang Ger-mafroditizm). 4 sinfi: koʻp tukli chuvalchanglar, kamtukli halqalilar, zuluklar va exiuridlar bor.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |