Halil Jalilov
| Halil Madyarovich Jalilov | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
17-oktyabr 1911-yil Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Vafoti |
3-dekabr 2001-yil (90 yoshda) Тoshkent, Oʻzbekiston |
| Siyosiy partiyasi | KPSS |
| Ilmiy unvoni | Iqtisod fanlari doktori |
| Mukofotlari |
|
Halil Madyarovich Jalilov — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor. V.I.Lenin nomidagi Butunittifoq qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi muxbir aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Halil Madyarovich Jalilov 1911-yilning 17-oktabrida Oʻzbekiston SSRning Fargʻona viloyatida dunyoga kelgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Halil Madyarovich 1939-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1939-2001-yillarda — texnikum oʻquv boʻlimi mudiri (1939—1941-yillarda), Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boshligʻining oʻrinbosari, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Chinobod va Xoldivonbek tuman komitetlarining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Kengashning kolxoz ishlari boʻyicha doimiy vakilining oʻrinbosari vazifalarida mehnat qilgan. Shuningdek, Jalilov Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi kotibi, Buxoro viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Oʻzbekiston SSR Davlat xoʻjaligi vaziri, Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti instituti katta ilmiy xodimi, direktor, boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri, Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Oʻrta Osiyo davlat paxtachilik qoʻmitasining paxtachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Agrosanoat majmuasida bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, ilmiy maslahatchisi lavozimlarida ham ishlagan.
Halil Madyarovich Jalilov Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3- va 4-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
Iqtisod fanlari doktori, professor Halil Jalilov 2001-yilda Toshkent shahrida vafot etgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 17-oktyabrda tugʻilganlar
- 1911-yilda tugʻilganlar
- Fargʻona viloyatida tugʻilganlar
- 3-dekabrda vafot etganlar
- 2001-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Iqtisodiyot fanlari doktorlari
- Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari