Hakimxontura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hakimxontura, Xoʻja muhammad Hakimxontoʻra bin Sayid Maʼsumxon (1802, Qoʻqon — ?) — tarixchi olim, maʼrifatpar-var. H. ona tomondan Qoʻqon xoni Nor-boʻtabiyning nabirasi, Olimxonnnng jiyani; ota tomondan mashhur soʻfi shayxlardan Ahmad Xojagi Kosoniy (Maxdumi Aʼzam) avlodidan boʻlgan. 1822 yilda H. Toʻraqoʻrgʻonga, soʻngra namangan va Kosonga hokim qilib tayinlangan. Keyinchalik xonning gʻazabiga duchor boʻlib xonlikdan ketkazilgan. 1824 yilda H. Orenburgda rus imperatori Aleksandr I bilan uchrashgan. U Rossiyadan keyin Turkiya, Suriya, Falastin, Misr orqali Makka va Madinaga borgan. 7 yil Misr, Ara-biston va Eronda, 1830 — 31 yillar Buxoroda yashagan. Umrining soʻnggi yillarida Shahrisabzda yashab, "Mun-taxab attavorix" ("Yilnomalar toʻplami") nomli tarixiy asar yozgan. Bu asar Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi tarixiga oid muhim manbalardan hisoblanadi. Unda paygʻambarlar haqidagi rivoyatlar, qad. Eron, Arab xalifaligi, somoniylar, sal-juqiylar, xorazmshohlar, moʻgʻullar, temuriylar va boburiylar davri tarixidan qisqacha maʼlumotlar berilgan. Shuningdek, Buxoro va Qoʻqon xonliklarining tashkil topishidan boshlab 19-asrning 40-yillarigacha boʻlgan tarixi batafsil tasvirlangan. Unda Rossiya, arab mamlakatlari va Eronga qilgan sayohatlari natijasida olgan taassurotlari va shu jumladan, mazkur mamlakat xalqlarining turmushi, urf-odatlariga oid maʼlumotlar ham oʻrin olgan. Asarning oʻzbek va fors tillaridagi variantlari mavjud.

Haydarbek Bobobekov.