Kontent qismiga oʻtish

Hakim Nishonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Hakim va familiyasi Nishonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Hakim Kabirovich Nishonov (1917.5.12, Andijon) — sozanda, bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1957). Andijon bolalar teatrida aktyor (1933—1936), Oʻzbek davlat filarmoniyasida sozanda (1936—1939), Oʻzbek ashula va rake ansambli (1957—59), "Shodlik" ansambli (19711976) badiiy rahbari, direktor oʻrinbosari (1976—1979), Qibray tumani Doʻrmon qishlogʻi "Doʻstlik taronalari" xalq ashula va raqs ansambli badiiy rahbari (1959-yildan). "Iroda" (S. Joʻra va V. Saʼdulla), "Qahramon" (I. Axmedov) musiqali dramalar, ayrim kompozitorlar bilan hamkorlikda simfonik poema va syuitalar, shuningdek, xor va qoʻshiqlar muallifi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil