Kontent qismiga oʻtish

Hafsiylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hafsiylar — Tunisda hukmronlik qilgan sulola (1229—1574). AlMuvahhidun harakatining asoschilaridan biri shayx Abu Xafs nomi bilan atalgan. Sulola asoschisi — Abu Zakariyo (1229—49). Xafsiylar davlati XIII asrning oʻrtalari —XIV—XV asr oxirida gullab yashnagan. 1574-yilda Usmonli turk imperiyasi tomonidan qulatilgan.