Hadis va hayot
Muallif(lar) | Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf |
---|---|
Muharrir(lar) | Murod Mansur, Barno Saidrahmon, Abdul Azim Ziyovuddin |
Muqova artist(lar)i | 39 juz |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | Diniy ma'rifiy |
Nashr etilgan sanasi | 2003-yil |
Nashriyot | Hilol-Nashr |
ISBN | 978-9943-4448-4-3 |
Keyingisi | 2021-yil |
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf muallifligi ostida yozilgan, 39 juzdan iborat „Hadis va hayot“ silsilasi mashhur alloma, Qohiradagi „al-Azhar“ dorilfununi mudarrislaridan biri shayx Mansura Ali Nosif hazratlarining „At-toj al-jomeʼ lil-usul fii ahadiysur Rasul“ („Rasul sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan asllarni jam qiluvchi toj“) deb nomlangan ulkan asarlariga yozilgan komil va shomil sharhlardan iborat to‘plamdir.[1][2] Bugungi kungacha toʻplamning 34 ta juzi 32 jildda chiqqan.[3] Ilk juzi 2003-yili „ Sharq“ nashriyotida 10 ming nusxada nashr qilingan. Bugungi kunda „Hilol-Nashr“ nashriyotida 7-marta qayta nashr qilinayapti (bunga „Sharq“ nashriyotida bosilganlari kirmaydi).[4] Ushbu kitob hozirda rus tiliga ham tarjima qilingan (Хадисы и Жизнь).[5]
Kitob haqida fikrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Men ulamolarning oramizdan ketishlari va ilm darslarining kamayishidan qoʻrqmoqdaman. Qarab, surishtirib, Rasululloh sollallohu alayhu vasallamning hadislarini yozib olinglar", deb buyurdi. Shunday qilib, birinchi kitobni buyuk tobein Ibn Shihob az-Zuhriy yozdilar. Bu kitob sodda boʻlib, sahobalardan eshitib, yozib olingan hadislar toʻplamidan iborat edi. Shundan soʻng hadis kitoblari yozish rasm boʻldi va keng miqyosdagi ilmiy harakatga aylandi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Hadis va hayot. 1-juz"[6]
Bizning shiorimiz: Ahl as-Sunna val-Jamoa mazhabi asosida sof aqida va haqiqiy islomga intiling. Qur’on va Sunnatni oʻrganing va unga amal qiling. Islomiy tarbiya, bag‘rikenglik va birodarlik ruhini yoying, buyuk ajdodlarga ergashing. Diniy savodsizlikni yoʻq qiling, ixtiloflar va boʻlinishlarga chek qoʻying, fanatizm, bid’at va xurofotni yoʻq qiling.[7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ХАДИСЫ И ЖИЗНЬ“. azan.ru. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
- ↑ „«Hadis va Hayot» kitoblarining to‘liq to‘plami sotuvga chiqarildi“. Kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Многотомное издание «Шейх Мухаммад Садык. Хадисы и Жизнь» Подробнее на livelib.ru: https://www.livelib.ru/selection/1997653-shejh-muhammad-sadyk-hadisy-i-zhizn?ysclid=l8323kl2nc471958393“. livelib.ru. Qaraldi: 155.09.2022.
- ↑ „«Ҳадис ва Ҳаёт»“. Islom.uz. Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Хадисы и Жизнь.“. knigogid.ru. Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
- ↑ „«Ҳадис ва Ҳаёт» 1-жуз. Муқаддима“. Islom.uz. Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Шейх Мухаммад Садык Мухаммад Юсуф: Хадисы и Жизнь. Введение. Том 1 Подробнее: https://www.labirint.ru/books/401489/?ysclid=l836azkgg1338308274“. Labirint.ru. Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |