Kontent qismiga oʻtish

Haboro (Hokkaido)

Koordinatalari: 44°21′38.0″N 141°41′50.2″E / 44.360556°N 141.697278°E / 44.360556; 141.697278
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Haboro, Hokkaidodan yoʻnaltirildi)
Haboro

羽幌町
shahr
Skyline of Haboro
Haboro
Bayroq
44°21′38.0″N 141°41′50.2″E / 44.360556°N 141.697278°E / 44.360556; 141.697278
Mamlakat Yaponiya
Aholisi
 (2016)
7,338
Haboro xaritada
Haboro
Haboro

Haboro (yaponcha: 羽幌町 Haboro-chō?) shahar hisoblanadi,Hokkaido,Yaponiya

2016-yil sentyabr holatiga koʻra, shaharda taxminan 7,338 kishi istiqomat qiladi. Umumiy maydoni 472,49km 2. Shahar shuningdek, Yagishiri va Teuri orollarini ham boshqaradi.

Haboro 1921-yilda rasman shahar sifatida belgilangan. Teuri va Yagishiri qishloqlari 1955-yilda va 1959-yillarda mos ravishda Haboroga birlashtirildi. Yagona shahar tipiga aylantirildi.

Shahar nomi Aynu tilidan olingan, ammo kelib chiqishi nomaʼlum. Haboro Aynu tilidagi hapuru soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin, bu „yumshoq tovush“ yoki „katta daryoning havzasi“ degan maʼnoni anglatadigan haporopetsu degan maʼnolarni anglatadi.

Yapon tilida bu shahar nomi ateji yoki kanji belgilari bilan yoziladi, ular mahalliy yoki oʻzlashtirilgan soʻzlarni fonetik jihatdan ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchisi, 羽, „tuklar“ yoki „qanotlar“ degan maʼnoni anglatadi, ikkinchisi, 幌, „parda“ yoki „mato“ degan maʼnoni anglatadi.

Haboro Yapon dengiziga qaragan shahar. Shaharning katta qismi Teshio togʻlari ichida joylashgan va shaharning katta qismi milliy oʻrmon sifatida himoyalangan. Pisshiri togʻi shaharning eng baland nuqtasi boʻlib, 1,032 metr (3,386 ft). Shaharni ikkita daryo kesib oʻtadi: Haboro va Chikubetsu daryolari.

Haboro munitsipaliteti Yapon dengizidagi ikkita siyrak aholi orollarini oʻz ichiga oladi.

  • Yagishiri oroli (23 kilometr (14 mi)), aholisi 273 kishi,Haboro koʻrfazining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan va zich oʻrmonlari bilan mashhur[1][2].
  • Teuri oroli, aholisi 366, 3.5 kilometr (2.2 mi) Yagashiridan gʻarbda va ikkita orol Musashi kanali bilan ajralib turadi. Teuri 5.5 square kilometre (2.1 kv mi) va qushlar qoʻriqxonasi sifatida himoyalangan[3].

Qoʻshni munitsipalitetlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Rumoi subprefekturasi
    • Tomamae tumani: Tomamae, Shosanbetsu
    • Teshio tumani: Enbetsu
  • Kamikava subprefekturasi
    • Uryu tumani: Horokanai

Haboro nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfb) issiq yoz va sovuq qish bilan yil davomida yogʻingarchilik koʻp boʻladi;avgustdan dekabrgacha boʻlgan oylar yilning qolgan qismiga qaraganda namroq ekanligi qayd etilgan. Eng yuqori harorat 34.4 °C (94 °F) tashkil etdi. 2021-yil 1-avgust[4].Hozirgacha qayd etilgan eng sovuq harorat −26.4 °C (−15.5 °F) edi.1923-yil 27-yanvardagi maʼlumot hisoblanadi.

Transportlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
JR Haboro liniyasining tashlab ketilgan temir yoʻl tunneli

Temir yoʻllari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haboro dastlab Hokkaydoning boshqa hududlari bilan temir yoʻl orqali bogʻlangan. Yaponiya milliy temir yoʻllari kengaytirilgan boʻlib 141.1 km Rumoi va Horonobe oʻrtasidagi masofa. Qurilish jarayoni 1927-yilga toʻgʻri kelgan, ammo 1987-yilda Yaponiya milliy temir yoʻllarini xususiylashtirish paytida JR Xokkaydoning tashkil etilishi bilan toʻxtatilgan[5][6].

Magistral yoʻllari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haboro milliy marshrut 232 orqali kesib oʻtadi, Yaponiyaning milliy avtomagistrali gʻarbiy Hokkaido boʻylab Vakkanai va Rumoi oʻrtasida joylashgan[5]. Teuri va Yagishiri orolni oʻrab turgan yagona yoʻlga ega.

Yagishiri va Teuri orollariga Haboro portidan parom qatnovi amalga oshiriladi.

Haboro portlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xaboro porti 1953-yil mart oyida tashkil etilgan. U shahar tomonidan boshqariladi[7].

Teuri oʻrta maktabi, Teuri oroli, Haboro oʻrta maktabi

Oliy maktablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Haboro oʻrta maktabi
  • Teuri oʻrta maktabi

Oʻrta maktablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Haboro oʻrta maktabi
  • Teuri oʻrta maktabi
  • Yagishiri oʻrta maktabi

Boshlangʻich maktablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Haboro boshlangʻich maktabi
  • Teuri boshlangʻich maktabi
  • Yagishiri boshlangʻich maktabi
  1. "焼尻島" (ja). Nihon Rekishi Chimei Taikei [Yagishiri Island]. Tokyo: Shogakukan. 2012. dlc 2009238904. OCLC 173191044. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2012-08-03. 
  2. "焼尻島" (ja). Nihon Daihyakka Zensho (Nipponika) [Yagishiri Island]. Tokyo: Shogakukan. 2012. OCLC 153301537. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2012-08-04. 
  3. "天売島" (ja). Dijitaru Daijisen [Teuri Island]. Tokyo: Shogakukan. 2012. OCLC 56431036. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2012-08-03. 
  4. „47404: Haboro (Japan)“. ogimet.com. OGIMET (2021-yil 1-avgust). Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  5. 5,0 5,1 "羽幌町" (ja). Nihon Daihyakka Zensho (Nipponika) [Haboro]. Tokyo: Shogakukan. 2012. OCLC 153301537. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2012-08-04. 
  6. "羽幌線" (ja). Nihon Rekishi Chimei Taikei [Haboro Line]. Tokyo: Shogakukan. 2012. dlc 2009238904. OCLC 173191044. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2012-08-04. 
  7. "羽幌港" (ja). Dijitaru Daijisen [Port of Haboro]. Tokyo: Shogakukan. 2012. OCLC 56431036. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2012-08-04. 
  • Media related to Haboro, Hokkaidō at Wikimedia Commons
  • Official Website (yaponcha)