Habibulla Nizomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Habibulla Nizomov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud paytidagi ismi Nizomov Habibulla Hamidullayevich
Fuqaroligi  UZB Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1978-yil 1-sentabr (44 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Faoliyat yillari 2009-yilgan — hozirgi vaqtgacha
Boʻyi 185 sm
Vazni 110 kg
Sport
Qaysi sport bodibilder, aktyor

Habibulla Nizomov (1978-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbek professional bodibilderi, mas-restling sportchisi va aktyori[1]. Nizomov Toshkent bodibilding va fitnes federatsiyasi prezidenti[2], OʻzFBFda xizmat koʻrsatgan xodim, bodibilding boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalarning koʻp karra gʻolibi hisoblanadi[3].

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1978-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan Habibulla Nizomov sport faoliyatini karate bilan boshlagan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan[4][5]. Uning bodibilding faoliyati 2006-yilda boshlangan. Uning birinchi xalqaro turniri Qatarning Doha shahrida boʻlib oʻtgan havaskorlar oʻrtasidagi jahon chempionati edi. Bir qancha xalqaro turnirlarda gʻolib chiqqan. Shu bilan birga, kinematografiya sohasida ham ishlaydi. Uylangan, 5 nafar farzandi bor. Bugungi kunda u AQShda yashaydi va ishlaydi[6][7].

Antropometrik maʼlumotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Boʻyi — 185 sm
  • Mavsumdan tashqari vazni — 115-120 kg.
  • Musobaqa vazni — 100-110 kg.
  • Mushaklari — 50-53 sm.
  • Koʻkrak qafasi — 118-125 sm.
  • Yelkalari — 150-156 sm.
  • Sonlari — 71-75 sm.
  • Beli — 80-85 sm.

Sportdagi yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda — Havaskorlar oʻrtasidagi jahon chempionati — IFBB, yarim ogʻir vazn toifasi, Doha, Qatar[8][9].
2010-yilda — Arnold havaskor — IFBB, yarim ogʻir vazn toifasi, Ogayo, AQSh[10][11]
2012-yilda — Havaskorlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati — IFBB, super ogʻir vazn toifasi, 6-oʻrin[12]
2012-yilda — Bodibilding boʻyicha Oʻzbekiston kubogi — Toshkent, Oʻzbekiston, 1-oʻrin[13]
2013-yilda — „Proform Classic“ festivali — Chempionlar kechasi, Toshkent, Oʻzbekiston[14]
2013-yilda — Bodibilding boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati, Olma-ota, Qozogʻiston, 2-oʻrin[15]
2019-yilda — 11-WBPF chempionati, Janubiy Koreya, Jeju[16]
2020-yilda — Arnold Classic Championship International MAS Wrestling, Kaliforniya, AQSh[17]

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda u murabbiy, hakam va sport ustasi sifatida filmlarda rol oʻynay boshladi. Uning birinchi roli „Dada“ filmida boks boʻyicha murabbiy sifatida boʻlgan. Shundan soʻng „Qasos“, „Dil va or“[18] filmlarida rollar ijro etgan va bu aktyorga shuhrat keltirgan.

2016-yilda mashhur „Baron“ filmida mahbus Hotam rolini ijro etgan[19]. Shundan soʻng Habibulla Nizomov rejissyor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olingan „Virus“ filmida ham rol oʻynagan.

Filmlarda aktyorlik rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Ruscha nomi Rol asl nomi
2010-yil Otes boks boʻyicha murabbiy Dada
2011-yil Mest Epizod Qasos
2012-yil Dusha i Chest Jamshid Dil va Or, Dilor, Dilor…
2016-yil Baron Mahbus Hotam baron

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ulug‘bek Qodirovning bodibilding bo‘yicha ustozi Habibulla Nizomov: Dangasa yoshlarimiz bir kunda “kachok” bo‘lishni istaydi“ (ru). Beruniy.Net | Lyubimiy portal…. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  2. „В Федерации бодибилдинга, фитнеса и мас-рестлинга назначен новый президент“ (ru). uznews.uz. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  3. „Хабибулла Низамов | BODYBUILDING AND FITNESS FEDERATION OF UZBEKISTAN“. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  4. „2009 World Amateur Championships - IFBB“. www.musclememory.com. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  5. „MS v kulturistice mužů 2009 - výsledky“. Svaz kulturistiky a fitness České republiky. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  6. „«Актер Улугбек Кадиров переехал жить в США из-за того, что его обидели», — Хабибулла Низомов“ (ru). Новости Узбекистана. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  7. admin. „Про Хабибуллу Низамова, семью, инстаграм, фото“ (ru). WWW.SAVOL-JAVOB.COM (2020-yil 5-may). Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  8. „MS v kulturistice mužů 2009 - výsledky & fotogalerie“. kulturistika.ronnie.cz. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  9. Yumpu.com. „c I F B B International F“ (en). yumpu.com. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  10. „Протоколы: Любительский «Арнольд Классик»-2014 : полный список участников“ (ru). ЖЕЛЕЗНЫЙ ФАКТОР. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  11. Bodybuilding Fitness. „Bodybuilding, Figure, Fitness and Bikini Fitness Website - Click here and visit us!“. www.bodybuildingfitness.org. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  12. „Nizamov, Khabibulla“. www.musclememory.com. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  13. „Results of Uzbekistan Cup Bodybuilding 2012 | BODYBUILDING AND FITNESS FEDERATION OF UZBEKISTAN“. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  14. „PROFORM Classic Festival – Night of Champions 2013 | BODYBUILDING AND FITNESS FEDERATION OF UZBEKISTAN“. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  15. „Uzbek athletes at the championship of Kazakhstan on bodybuilding. | BODYBUILDING AND FITNESS FEDERATION OF UZBEKISTAN“. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  16. „Бодибилдингчиларимиз жаҳон чемпионатида иштирок этади“ (uz). Olamsport.com. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  17. „2020 ROGUE® Arnold Classic Championship International MAS Wrestling Tournament“ (en). International mas‑wrestling federation. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  18. „Фильм премьераси: Дилор, Дилор... Дил ва Ор“. myday.uz. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  19. „Рецензия: «Барон»“ (ru). Afisha.uz (2016-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]