Habib Asadullo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Habib Asadullo (1941, Maymana shahri) — afgʻon yozuvchisi, adabiyotshunos. 70— 80-yillar dari adabiyotida vujudga kelgan "Yangi sheʼr" oqimining taniqli namoyandalaridan. Kobul universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1961). Dastlabki hikoyalar toʻplami — "Uch mardikor" (1966). Asarlarining asosiy mavzusi oddiy mehnatkashlarning ogʻir hayoti haqida. Ilmiy ishlari mumtoz va hozirgi zamon dari adabiyoti tarixiga bagʻishlangan. "Oqbadan" (yoki "Oydin", 1965), "Kishanlarni par-chalovchilar" (1975), "Tun va qamchin" (1978), "Oqshom ila diydor" (1982), "Qizil maktub" (1983), "Oʻroqlar va qoʻllar" (1983—84), "Zulmat bilan vidolashuv" (1985), "Soʻnggi orzu" (1986) va boshqa asarlar muallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oydin, T., 1982.