Habbul-muluk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Habbul-muluk, habbul-malik (Sgo1op) — sutlamadoshlarga mansub bir uyli buta yoki kichik daraxtlar turkumi. Ikkala yarim sharning tro-pik va subtropik oʻrmonlarida, asosan, Amerikada 700 ga yaqin turi tarqalgan. Boʻyi 4–6 m gacha (ayrim hollarda oʻt), barglari ketma-ket joylashgan, tishli, egilgan, koʻproq kulrang-yashil yoki yaltiroq. Gullari yashilroq, boshoqchaga yigʻilgan, bir yoki ikki jinsli. Mevasi chanoq. Jan.Sharqiy Osiyoda oʻsadigan, Shrilan-ka, Filippin va boshqa tropik mamlakatlarda ekiladigan S. I§1sht turi kichik daraxt yoki buta, urugʻida 50% gacha tibbiyotda ishlatiladigan kroton yogʻi bor. Urugʻi zaharli. X-M.ning S.ye1i1epa va S.saksagSha turlari poʻstlogʻida xushboʻy, achchiq dorivor kaskarilla moddasi mavjud. Undan liker ishlab chiqarish va tamakini fermentatsiyalashda foydalaniladi. Koʻpgina turlarining smolali sharbati zaharli; ayrim turlarining shar-batidan lok olinadi.