Gʻarbiy Bug
Neris | |
---|---|
polyakcha: Bug ukraincha: За́хідний Буг belaruscha: Захо́дні Буг | |
Tavsif | |
Uzunligi | 772 |
Suv sarfi | 110 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Polsha, Belarus va Ukraina |
Gʻarbiy Bug |
Gʻarbiy Bug yoki Bug (polyakcha: Bug, ukraincha: За́хідний Буг, belaruscha: Захо́дні Буг) — Ukraina, Belarus va Polshadagi daryo (koʻp qismi Belarus va Polsha chegarasidan oʻtadi), Visla daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 831 km, havzasi maydoni 73470 km2. Ukrainaning Lvov viloyatidagi podolsk qirlaridan boshlanadi. Lyub-lin qirlarining sharqiy chekkasi boʻylab va Mazovets — Podlyasa past-tekisligidan oqib oʻtadi. Zegjin suv omboriga quyiladi. Kuzgi yomgʻirlardan toshqinlar sodir boʻladi. Eng sersuv davri — mart, aprel, eng kamsuv davri — sentabr oyi. Dek. — mart oylarida muzlaydi. Pripyat va Neman daryolari bilan kanallar orqali bogʻlangan.
Oʻrtacha suv sarfi 160 m’/sek. Boshlanishidan 315 km davomida kema qatnaydi. Gʻ.B. sohillarida Brest, Sokal, Chervonograd, Kamenka-Bugskaya, Busk shaharlari joylashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |