Gustave Flaubert
Gustave Flaubert (talaffuzi: Gyustav Flober; 1821. 12.12, Ruan 1880.8.5, Kruasse, Ruan yaqinida) — fransuz yozuvchisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Parij universitetining huquqshunoslik fakultetitida oʻqigan. Yoshligidan hikoya, qissa yoza boshlagan. Asosan, "Bovari xonim" (1857) romani bilan shuhrat qozongan. "Salambo" (1862) romanida uzoq oʻtmishda (miloddan avvalgi III asrning 2-yarmida) Qadimiy Rimning Karfagenga qarshi kurashlari tarixi tasvirlangan, pok muhabbatni tahqirlagan zoʻravonlik, nohaqlik fosh etilgan. "Avliyo Antoniyning aldanishi" (1874) falsafiy dramasida, xususan, xristian dinining gʻayritabiiy qonunlarini Antoniy obrazi orqali keng ochib bergan. "Hislar tarbiyasi" (1869) romani, "Buvar va Pekyushe" (1881, tugallanmagan) hajviy romani, "Siyqasi chiqqan haqiqat" parodiyasi (nashri — 1910) bor. Flober rus yozuvchilari I. Turgenev, L. Tolstoy bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan. Ijodi Rossiyadagi peshqadam adabiy jamoatchilik diqqatini oʻziga tortgan. M. P. Musorgskiy uning "Salambo" asari asosida opera yozgan. Isteʼdodli stilist boʻlgan Flober jahon adabiyotida realizm taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bovari xonim, T., 1976. Ad.: Reizov B. G., Tvorchestvo Flobera, M., 1955.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Gustave Flaubertga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |