Gxosh Aurabindo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gxosh Aurobindo (1872-1950) — hind faylasufi. Aristotel, Dante, Shelling, Gyote asarlarini aslida oʻrgandi. Gʻarb va Sharq madaniyatini mukammal oʻzlashtirish natijasida bu ikki xil madaniyatning oʻzaro birlashadigan, sintezi boʻla oladigan oliy madaniyat haqida xulosalar yozdi. Gxoshning fikricha, intellektual ong inson evolutsiyasi va jarayonida oliy pogʻona emas, balki oraliq pogʻonadir. U yoga yoʻlidan borib, mistik darajaga erishdi, koʻplab metafizik asarlar yaratdi. Bular qatorida eng mashhuri „Savitri“ asaridir. Uning

„Oʻlmas qalbni izlab“

„Abadiyat yoʻlida“

kabi asarlari tasavvuf falsafasidagi gʻoyalar bilan hamohangdir. Gxosh hind yoga taʼlimotini shakllantirdi. Shu maʼnoda uni integral vedanta (yoki integral yoga) asoschisi deb tan olganlar. Gʻarb va Sharq maʼnaviyatidagi kamchiliklarni: Gʻarb materializmini hamda Sharq spiritualizm va tarkidunyochiligini chetlab oʻtishga harakat qilib, Gʻarb va Sharqni oʻzaro kelishtiradigan umuminsoniy mistik diny dunyoqarash tizimi ishlab chiqdi. Gxoshning 30 jildlddan ortiq asarlari orasida falsafiy gʻoyalari salmoqli oʻrin tutadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Falsafa qomusiy lug'at. Sharq-2004 — 73 bet.