Vedanta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vedanta (sanskritcha aynan — vedalarning oxiri) — Hindistonda tarqalgan diniy-falsafiy oqim. Mil. av. 4-asrda hind mutafakkiri Badarayana asos solgan. V.ga, keng maʼnoda V.ning oʻzi, purvamimansa, vishnuizm hamda shivaizmnnng baʼzi taʼlimotlari kiradi. V. tarafdorlari koʻp xudolar asta-sekin yagona xudoga aylanadi, yagona xudo hayot nafasi, umumolamning "Men"i, yaʼni "mutlaq borliq" — Brahmaair, hamma parsa Brahmadan paydo boʻladi, degan fikrni olgʻa suradilar. Ularning fikricha, Brahma hamma narsani biladi, hamma narsa undan yaraladi, hatto inson ham ong sifatida unga qoʻshilib ketadi. V. brahmanizmga, keyinroq hinduizmga falsafiy asos boʻladi. V.ning oʻrta asrlardagi namoyandalari Shankara, Ramanuja edi. 19-asrda Ramakrishna va Vivekananda V. gʻoyalarini Hindiston voqeligi bilan bogʻlashga harakat qildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil