Gvido dʼaresso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gvido d’aresso (Guido d’Arezzo), Aressolik Gvido (990-yillar, Aresso, Toskana viloyati — 1050. 17.5, Pompoza) — italyan musiqachisi, cherkov xori rahbari. Oʻrta asr musiqa amaliyoti sohasida yirik islohotchi. Zamonaviy nota tizimiga asos qoʻygan. Har bir chiziqda tovush balandligi harflar bilan ifodalangan 4 chiziqli nota yozuvini amalda qoʻllagan. Bu musiqa asarini yozib olishga qulay imkoniyat yaratib, kompozitorlik ijodi rivojida muhim rol oʻynagan. Musiqa tovushlarini yangi nomlash tartibi, oraliq (interval)lari muayyan nisbatdagi 6 pogʻonali tovushqatorni kiritgan (ut-re-mi-fa-solla). Baʼzi musiqashunoslar (mas, V. M. Belyayev) Gvido d’aresso ning nota yozuvi islohiga Sharq (arab) cholgʻu tabulaturask taʼsir koʻrsatganligini taʼkidlagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil