Gurvak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gurvak — qovunning serhosil, yozgi, oʻrtapishar navi guruhi. Poʻsti rangiga qarab ola G., qora G., koʻk G., oq G., xillari bor. Ola G. urugʻdan chiqqandan keyin 90—105 kunda pishadi. Shaqli dumaloq, baʼzan tuxumsimon, yirik, ogʻirligi 5—9 kg. Sirti tekis, toʻrlari yirik. Tusi oqish, toʻq yashil xollari bor. Poʻsti qattiq. Eti 7—9 sm, oq, sershira, yumshoq, shirin, tarkibida 8,8—10,4% qand bor. Urugʻi yirik, nashtar shaqlida, oq. Qora G. urugʻdan chiqqandan keyin 85—95 kunda pishadi. Shaqli dumaloq yoki tuxumsimon, yirik, ogʻirligi 5—7 kg. Sirti silliq, hamma joyi toʻr bilan qoplangan, toʻrlari yirik, bir-biriga kam tutashgan. Tusi toʻq yashil, oqish nuqtalari bor. Poʻsti qattiq. Eti 5—7,5 sm, oq, yumshoq, shirin, tarkibida 7,2—9,2% qand bor. Koʻk G. urugʻdan chiqqandan keyin 95—105 kunda pishadi. Shaqli dumaloq, yirik, ogʻirligi 5—8 kg. Sirti tekis, yashil. Poʻsti qattiq. Eti 6—8 sm, yashil, sershira, tarkibida 7,4— 9,7% qand bor. O q G. urugʻdan chiqqandan keyin 85—95 kunda pishadi. Shaqli dumaloq, yirik, ogʻirligi 5—7 kg. Sirti tekis, sertoʻr. Tusi och yashil. Poʻsti qattiq. Eti 5—6 sm, oq, sershira, tarkibida 7,6—10,4% qand bor. G. asosan Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida eqiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil