Gumoral regulyatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gumoral regulyatsiya (lot. Humor — suyuqlik, ingl. regulation — tartibga solish, boshqarish) — organizm hayot faoliyati (fiziologik va biokimyoviy) jarayonlarini muvofiqlashtirib turuvchi mexanizmlardan biri. Bu mexanizm hujayra, toʻqima va aʼzolarning faoliyati jarayonida organizm suyuqliklari (qon, limfa, safro, toʻqima suyumigi va b.)ga ishlab chiqarilgan biologik faol moddalar yordamida amalga oshiriladi. Gormonlar, sitokin va metabolitlar G.r.ning asosiy omillari hisoblanadi. Odam va yuqori rivojlangan hayvonlarda G.r. nerv regulyatsiyasi bilan birga organizm sistemalarining har xil holat va oʻzgaruvchan sharoitlarda normal ishlashini taʼminlaydi, shuning uchun ikkalasi birgalikda yagona sistema — neyro-gumoral regulyatsiyani tashkil etadi.

Nerv sistemasi boʻlmagan yoki sust rivojlangan hayvonlarda gumoral omillar ustunlik qiladi. Nerv sistemasi yaxshi rivojlangan organizmlarda nerv va G.r.ning bir butunligi bu sistema omillarining bir-biriga bevosita taʼsir etishiga bogʻliq (mas, mediatorlar nerv impulslarini oʻtkazishda qatnashadi; qon tarkibida SO2 ning koʻpayib ketishi bosh miyaning nafas markazlari qoʻzgʻalishiga sabab boʻladi, natijada nafas harakatlari tezlashadi va ortiqcha SO2 organizmdan chiqib ketadi. Aksincha, nerv regulyatsiyasi taʼsirida organizmda gormonlar, mediatorlar, meʼda shirasi kabi omillar ishlab chiqariladi).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil