Gumboldt Vilgelm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

GUMBOLDT (Humboldt) Vilgelm (1767.22.4, Potsdam — 1835.3.4, Tegel, Berlin yaqinida) — nemis filologi, faylasufi, tilshunosi, Prussiya davlat arbobi. G. boshlangʻich maktabni cherkovdan ajratib, Pestalotssi (1746 — 1827, shveysariyalik pedagog-demokrat) metodlarini taʼlimga joriy qildi, Berlin universitetiga (xoz. G. nomi bilan ataladi) asos soldi, Prussiya FAni qayta qurdi. G. — I. V. Gyote va F. Shiller zamonidagi nemis mumtoz gumanizlshning yirik vakillaridan. "Yava orolidagi kavi tili haqida" (1836 — 39) asarida tilshunoslikdagi qiyosiy-tarixiy metodning falsafiy asoslarini yaratdi. G. tillarning morfologik tasnifini ham ishlab chiqdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil