Gumanitar huquq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gumanitar huquq — qurolli mojarolar davrida qoʻllaniladigan, qurolli kurash olib borishning maʼlum usullari va vositalarini qoʻllashni taqiqlovchi yoki cheklovchi, bunday kurashlar davomida inson huquqlarini taʼminlovchi va ular buzilganligi uchun xalqaro — huquqiy javobgarlikni belgilovchi yuridik normalar va prinsiplar tizimidir. Xalkaro Gumanitar huquqning tartibga solish predmeti quyidagi davlatlararo munosabatlardir: urushning boshlanishi; urushda qatnashmaydigan davlatlarning betarafligi; kurashayotgan taraflarning urushni olib borish usullarini cheklash; urush kurbonlarini himoya qilish; urush davrida madaniy yodgorliklarni himoya qilish; "harbiy harakatlarning tugashi" harbiy okkupatsiya rejimi; FAISANT urushning tugatilishi; huquq buzilishi uchun davlatlarning javobgarligi; qurolli mojarolar huquqi normalarining buzganligi uchun jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarligi va b.dir. Xalqaro huquqning amaldagi normalari xalqaro qurolli ziddiyatlarga ham, xalqaro maqomga ega boʻlmagan qurolli ziddiyatlarga ham taalluklidir. Xalqaro qurolli ziddiyatlarga davlatlar oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar, mustamlakachilik tuzumi va chet el bosqichlari hamda irqiy rejimlarga qarshi oʻz mustaqilliklari uchun olib boradigan toʻknashuvlar kiradi. Ushbu huquq BMT Ustavi hamda boshqa xalqaro — huquqiy xujjatlarda oʻz aksini topgan[1].

Ko‘pincha eskichasiga xalqaro gumanitar huquq «urush

qonunlari va odatlari» deb yuritiluvchi harbiy harakatlar olib borish

qoidalari harbiy usullar va vositalardan foydalanishni cheklaydigan

prinsiplar va normalar majmuidan iboratdir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi

2.Akmal Saidov Xalqaro huquq