Gulyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"GULYOR" — 1) ommabop oʻzbek xalq qoʻshiqlaridan; 2) rivojlangan shaklli oʻzbek ashula yoʻllaridan. Dastlab Toshkent, Fargʻona vodiysida mashhur boʻlgan. U saraxbor usulida 2/4 takt oʻlchovida ijro etiladi. Uygʻur xalq musiqasida ham "G." nomli qoʻshiqlar bor, bularda sheʼrning har misrasidan keyin "G." soʻzi takrorlanadi (yana q. GulyorShahnoz). Respublikamizda "G." nomidagi bir necha ayollar folklor-etnografik ansambllari mavjud (mas, Boʻstonliq tumanidagi "G." ansambli).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil