Gulparshin Srimbetova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Gulparshin Srimbetova (1945, Moʻynoq tumani) — qoraqalpoq xonandasi (lirikdramatik soprano), Qoraqalpogʻiston (1973), Oʻzbekiston (1974) va Boshqirdiston (1977) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970). Nafasi keng, jarangdor ovoz sohibasi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1961—63 va 1970-yildan). Repertuaridan xalq qoʻshiklari ("Dembermes", "Bibisanam", "Eshvoy", "Adingnan" "Ellarim bordi" va boshqalar), kompozitor ("Nukus gullari", "Yor-yor aytayin", N. Muhammaddinov) va bastakorlar asarlari ("Dutorim mening", X. Turdiqulov) oʻrin olgan. Qozon, Ufa, Moskva kabi shaharlarda gastrolda boʻlgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil