Gulnora Ravshanova
- Vikipediyada ismi Gulnora va familiyasi Ravshanova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Gulnora Hasanovna Ravshanova (1946.26.5, Termiz shahri) — Oʻzbekiston xalq artisti (2004). Termiz davlat pedagogika institutini tugatgan (1975). Xadicha Boboxonovaning qizi. 1963-yildan Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida aktrisa. Gulnora Ravshanova oʻz ijodi davomida lirik, dramatik, komik kabi turli xarakterdagi obrazlarni yaratdi: Maysara (Hamza, "Maysaraning ishi"), Nurxon (K.Yashin, "Nurxon"), Ledi Milford (Shiller, "Makr va muhabbat"), Saodat (E.Vohidov, "Istambul fojiasi"). Sotti (S.Ahmad, "Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Bibi (Sh.Pardayev, "Osmonsiz uy"), Toʻlgʻanoy (Ch.Aytmatov, "Momo yer"), Bibixonim va Ona turk (Q.Abdunabiyev, "Amir Temur va Yildirim Boyazid"), Kuntugʻmishbeka (U.Azim, "Atpomishning qaytishi"), Malika (X.Xursandov, "Oʻlding, aziz boʻlding") va boshqa[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |