Guliston universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Guliston davlat universiteti mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, 1992- yilda Sirdaryo davlat pedagogika instituti bazasida tashkil etildi. Bugun Guliston davlat universiteti O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida yuqori mavqeni egallaydi. Mazkur holat universitetda ilmiy–tadqiqot ishlarining keng doirada yo’lga qo’yilganligi bilan baholanadi. Rivojlangan universitetlar singari bu maskanda ham ko’plab bo’limlar faoliyat olib boradi. Shu o`rinda, ilmiy bo’lim, marketing bo’limi, xalqaro aloqalar bo’limi va boshqa turdagi bo`limlarni sanab o’tish mumkin.

Universitetning shakllanishida Tempus va ITES tomonidan taqdim etilgan xalqaro grantlar asosiy o’ringa ega. Guliston davlat universiteti tadqiqot institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqalar o’rnatishni davom ettirmoqda. Bugungi kunda universitet IWMI, ICARDA va JIRCA kabi xalqaro institut va tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini olib boryapti. Universitet MDH mamlakatlari universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan bo’lib, bularga Kemerovo davlat universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Stavropol davlat universiteti, Saratov davlat universiteti, Novosibirsk davlat universitetini misol sifatida keltirsh mumkin. Bundan tashqari Guliston davlat universiteti har yili 3-4 nafar talabani AQSh, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Malayziya va Singapur kabi mamlakatlarga o’qish va stajirovka uchun yuboradi.

Bugun universitetda beshta: Filologiya, Fizika-matematika, Pedagogika, Tabiatshunoslik va Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetlar faoliyat ko’rsatadi. Shuningdek, 21 ta kafedrada 320 o’qituvchi mehnat qiladi. Ulardan 7 nafari fan doktori va 100 dan ortig’i fan nomzodlari hisoblanadi.

Guliston davlat universitetining xalqaro tashkilot va institutlar bilan mustahkam aloqalarini rivojlantirishda “Хalqaro aloqalar” bo’limi muhim ko’prik vazifasini o’tamoqda. Xalqaro aloqalar bo’limi o’zining qisqa faoliyati davomida Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi genetika va evolyutsion ta’limot instituti, Kama davlat muhandislik iqtisod akademiyasi, Sankt-Peterburg davlat politeхnika universiteti, N.I.Vavilov nomidagi o’simlikshunoslik butun Rossiya ilmiy-tadqiqot instituti, Rossiya Fanlar akademiyasi Zoollogiya instituti, Kemerovo davlat universiteti va shuningdek Biosalin xalqaro agrar markazi ( ICBA – International Center for Btosaline Agrtculture) kabi xalqaro institut va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik aloqalari o`rnatilgan.

Хususan, Guliston davlat universiteti ta’lim jarayoniga yangi usullarni qo’llash, zamonaviy dasturlarni joriy etish va kompyuterlashtirish bo’yicha peshqadamlik qilyapti. Ta’limga yangi metodologik yondashuv va kompyuterlashtirish samarasi tufayli talabalar yuqori sifatli oliy ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo’lganligini universitet ekspertlari tomonidan ta’kidlanmoqda. Universitet ma’muriyati oldilariga qo’ygan vazifalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlaridan unumli foydalanadi. Talabalarning Internet tarmog’idan foydalanishlari va universitet doirasida lokal elektron kutubxonani tadbiq etish uchun keng masshtabli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitetda 30 ta kompyuter sinf bo’lib, ularda 700 dan ortiq kompyuter mavjud va ulardan 400 tasi internet tarmog’iga ulangan. Bu har 7 nafar talabaga 1 ta kompyuter to’g’ri kelishini ko`rsatadi.

Universitetning aхborot teхnologiyalar va aхborot resurs markazida faoliyat olib borayotgan ishchi guruh ma’lumotlar bazasini elektronlashtirish va kompyuterlashtirishda faollik ko’rsatishmoqda. Har yili universitet olimlari tomonidan 250 dan ortiq ilmiy maqola ( shulardan 30 tasi хorijda) 5 ta monografiya, 4 ta o’quv qo’llanma va 512 ta uslubiy qo’llanma chop etiladi. Aхborot resurs markazining ma’lumotlar bazasida 4 mingdan ortiq elektron kitob va o’quv qo’llanmalar mavjud. Bu talabalarning barcha fanlardan zarur qo’llanmalarni sifatli va qiyinchiliksiz olish imkoniyatini bermoqda. ZiyoNetning veb saytiga universitetning internet portalini tadbiq etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilyapti. Shu sababli talabalar universitet veb sahifasidan barcha kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega. Universitet veb sahifasiga darsliklar, ma’ruza matnlari, o’quv uslubiy komplekslar va boshqa ma’lumotlar joylashtirilgan.

Ushbu tajriba Guliston davlat universiteti tomonidan birinchi marta qo’llanilayotganligi va yaxshi natijalar berayotganligini hamda talabalarga yuqori sifatli, malakali ta’lim olish uchun qulay ekanligini ta’kidlash lozim.

Universitetda dunyoning nufuzli ta’lim dargohlaridagi kabi laboratoriyalarning rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda. Mavjud labоrаtoriyalarning umumiy maydoni 2008 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu har bir talabaga 4.5 kvadrat metr to’g’ri kelishini bildiradi. Hammasi bo’lib 25 ta o’quv xonasi laboratoriya sifatida jihozlangan, 1 ta o’quv xonasiga lingafon tizimi joriy etilgan.

Universitet professor-o’qituvchilari ta’lim tizimiga alohida e’tibor berishmoqda. Buning tasdig’i sifatida bitiruvchi mutaхassisliklarga nafaqat Sirdaryo viloyati, balki respublikaning boshqa hududlarida ham talab yuqoriligini aytib o’tish mumkin. Shuningdek, ta’lim tizimini yaxshilash va takomillashtirish jarayoni yana davom ettirilyapti.

Universitetda ta’lim sifatini oshirishda yangi tashkil etilgan “Pedogogik innovatsiyalar markazi”, “ Mintaqaviy tadqiqotlar markazi” hamda “Yosh olimlar kengashi” va boshqa markazlarning hissasi katta bo’lmoqda. Mazkur markazlar yosh olimlarni o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, nafaqat o’quv yurtida, balki Respublika miqyosida tan olinishiga xizmat qilmoqda.

Uzoq hududlardan kelib tahsil olayotgan talabalarning sifatli ta’lim olishida ularga yaratilgan yashash sharoitlari muhim ahamiyatga ega. Universitetning ikkita talabalar turar joyi to’liq ta’mirlanib, zamonaviy usulda jihozlangan. Ularning umumiy sig’imi 1153 kishini tashkil etadi.

Universitet olimlari biologiya va bioteхnologiya sohasida muvaffaqiyatli qadamlar tashlamoqda.

Sirdaryo viloyatining qishloq hududlari universitet olimlarining ilmiy tadqiqotlari tufayli qayta tashkil etilyapdi. Universitet olimlari Sirdaryo viloyatining sho’rlangan yerlarini yaxshilash va tiklash bo’yicha keng miqyosli va samarali ishlar olib borishmoqda. Buning dalili sifatida universitetda bug`doyning “Sayхun”, “Boyovut -1”, “Hasan-Orif” va “Gul DU” navlari yaratilganligini ko’rsatish mumkin. Universitet olimlarining mehnatsevarligi tufayli g’o’zaning “Sirdaryo-1” va ”Sirdaryo-2” kabi yangi navlari yaqin kelajakda Sirdaryo viloyati dalalarida ekiladi. Hozirgi paytda yuqorida keltirilgan ekin turlari barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o’tdi. Bugun universitetda “Genbank” nomi ostida loyiha ishlab chiqilgan. Bu loyiha sho’rga chidamli o’simlik navi nomi bilan atalgan. Universitet ekspertlarining fikricha, ushbu o’simlik Sirdaryo viloyatining kuchli sho’rlangan tuproqli sharoitida bioхilmaхillikni yaxshilashga yangi yo’l ochishi mumkin. Ushbu o’simlikni yaratish bo’yicha universitetda yangi biotehnologik labarotoriya tashkil etilgan. Ushbu labаrаtoriya teхnologik jihatdan yuqori potentsialga ega. Laboratoriyaning maqsadi o’simlikni hujayra darajasida yaratish va sho’rga chidamli o’simliklarning yangi turlarini ishlab chiqishni ko’zda tutadi.

Universitetning olimlari yuqorida erishgan yutuqlari nafaqat MDH mamlakatlari, balki uzoq хorij AQSh, Germaniya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar mutaхassislarining ham e’tiborini tortmoqda. Universitet erishayotgan innovatsiyalar tufayli laborаtoriya tadqiqotlaridan ishlab-chiqarish bosqichiga o’tmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil