Guliston saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guliston saroyi — Eronning Tehron ustonida joylashgan saroy. UNESCO merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Eronning jahon asarlaridan biri boʻlib, u oʻzining betakror arxitekturasi va bezaklari tufayli suratga olish va goʻzal tasvirlarni olish uchun ideal joy hisoblanadi. Ushbu qimmatbaho bino hijriy-shamsiy 1334-yilda Eron milliy asarlar roʻyxatida va 1392-yilda UNESCOning Jahon merosi roʻyxatidana joy olgan. Qolaversa, bu maskanda muhim tarixiy voqealar sodir bo‘lishi uni Eron tarixining tirik hujjatiga aylantirgan. Ushbu majmua Tehronning diqqatga sazovor joyi hisoblanadi. U shaharning qadimgi qismida joylashgan va unga jamoat transporti orqali osongina kirish mumkin. Guliston saroyi Tehron ustonidagi turli davrlarda qurilgan bir qator tarixiy binolarni o‘z ichiga oladi. Bu saroy o‘z meʼmorchiligi, badiiy va tarixiy asarlarining qimmati jihatidan mamlakatdagi eng muhim tarixiy binolardan biri sanalib, yil davomida bu yerga mahalliy va xorijlik sayyohlar tashrif buyurishadi.

Guliston saroyi marmar taxt ayvon, salom zali, koʻzgular zali, ovqatlanish zali, Karimxoniy ziyoratgohi, Brilliant zali, bodgir inshooti, Shams ul-Amara saroyi, Olmos zali va Oq saroy kabi turli qismlardan iborat. Karimxon Zand davriga oid marmar taxt ayvon va Karimxoniy ziyoratgohi Guliston majmuasidagi eng qadimiy binolardir.

Guliston madaniy-tarixiy majmuasi yuqorida tilga olingan binolardan tashqari qoʻlyozmalar kutubxonasi, qoʻlyozma hujjatlar markazi, texnik boʻlim, xalqaro aloqalar boʻlimi, bosma kutubxona, madaniyat ishlari boʻlimi, tanishtirish ishlari boʻlimi, bolalar va oʻsmirlar boʻlimi, yuridik ishlar boʻlimi kabi turli boʻlimlardan iborat[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]