Guliston mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guliston mahallasi (Al-Xorazmiy dahasi, Guliston mavzesi, 51) — Chilonzor tumanidagi mahalla. „Baxoriston“, „Boʻston“, Al-Xorazmiy maxallalari bilan chegaradosh. Bunga qadar hududi „Moskva“ k-ziga qaragan. Aholisi 5400 kishi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, 17 millat vakillari yashaydi(2008). Mahalla hududida akademik litsey, oʻrta maktab, 2 ta bolalar bogʻchasi, oziq-ovqat doʻkoni, dorixona, kafe mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.