Gulchohra Mammadova
Gulchohra Mammadova | |
Haqiqiy ismi | Gulchohra Mammadova Huseyn qizi |
Tavalludi | 24-aprel 1953-yil |
Millati | Ozar |
Sohasi | Arxitektor |
Gulchohra Mammadova Huseyn qizi (ozarbayjoncha: Gülçöhrə Hüseyn qızı Məmmədova). Ozarbayjonlik ayol arxitektori. Akademik, arxitektura fanlari doktori, Ozarbayjon arxitektura va qurilish universitetining prezidenti rektori (2021-yil). 2000 - 2005-yillarda Ozarbayjon Milliy Assambleyasi (OMA) deputati ham bo‘lgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gulchohra Mammadova Husayn qizi 1953-yil 24-aprelda oʻsha paytda Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan Armaniston SSRning Ararat viloyatida tugʻilgan. Uning otasi Husayn Mammadov Armanistonda jamoat va siyosiy arbob bo'lgan. Uning otasi uzoq yillar yuqori siyosiy lavozimlarda ishlagan. 3 yil Armaniston Oliy Kengashi deputati bo‘lgan. Gulchohra 1971-yilda o'rta maktabni tugatgach, Ozarbayjon Politexnika institutining arxitektura fakultetiga o'qishga kiradi. 1976-yilda yangi tashkil etilgan Ozarbayjon Qurilish muhandislari institutining arxitektura fakultetini tamomladi[1].
Ilmiy martabasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975-yil sentyabr oyida Mammadova Ozarbayjon qurilish muhandislari institutida komsomol kotibi etib saylandi. 1979-yilgacha bu lavozimda ishlaydi. 1979-yilda shu institutning “Arxitektura konstruksiyalari va yodgorliklarni taʼmirlash” kafedrasi assistenti lavozimida ishlay boshladi. Mammadova 1987-yilda kafedra mudiri, 1991-yilda dotsent, 2000-yilda professor lavozimlariga saylangan. 1999-yilda Ozarbayjon arxitektura va qurilish universitetining rektori etib tayinlandi[2].
Mammadovaning ilmiy faoliyati asosan Albaniya arxitekturasi va hozirgi Ozarbayjon hududidagi xristian diniy me'morchiligini o'rganish bilan bog'liq bo'lib, 70 dan ortiq ilmiy ishlarni amalga oshirgan. Shu jumladan, 2 monografiya, 5 kitob va 60 dan ortiq maqola muallifi hisoblanadi. U ko'plab yodgorliklarni qayta ta'mirlash ishlarini amalga oshirdi. Bular qatoriga Kish cherkovi, Nij cherkovi va Qum bazilikasini qayta tiklash va ilmiy rekonstruksiya qilish loyihalarini keltirish mumkin. 1985-yilda "Albaniyaning ilk o‘rta asr xristian arxitekturasi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1999-yilda "Albaniyaning diniy arxitekturasi" bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[3].
U ko'plab xalqaro ilmiy anjumanlarni tashkil etishda ishtirok etgan. Taqdimotlar qilgan, me'moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo'yicha bir qancha xalqaro loyihalarga rahbarlik qilgan. 1985-yildan Ozarbayjon meʼmorlar uyushmasi aʼzosi sifatida ishladi. Xalqaro fanlar akademiyasining Sharqiy Yevropa bo‘limi va Sharq mamlakatlari arxitekturasi xalqaro akademiyasining a’zosi. 2006-yilda u Ozarbayjonda xizmat ko'rsatgan arxitektor faxriy unvoniga sazovor bo'ldi[2]. 2009-yil 9-fevralda Mammadova Palmes akademiya ordeni bilan taqdirlandi. Mammadovaga ordenni Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Gabriel Keller topshirdi[4]. 2013-yilda akademik Mikayil Huseynov esdalik medali[5] va “Shohrat” ordeni bilan taqdirlangan[6].
Siyosiy martabasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 2000-2005 yillarda Ozarbayjon Milliy Majlisida (OMM) va 2010-yildan boshlab 2015-yilgacha Yangi Ozarbayjon partiyasidan deputat bo‘lgan[2][1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Aliyeva. „Sənətin qüdrətinə tapınan alim“ (az) (2018-yil 30-iyun). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.Aliyeva, Irada (30 June 2018). "Sənətin qüdrətinə tapınan alim". Azerbaijan (in Azerbaijani). p. 10. Retrieved 18 December 2020.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Azərbaycan Memarlıq və İnşaat Universitetinin rektoru, professor, memarlıq doktoru, Əməkdar memar Gülçöhrə Məmmədova“ (az). Union of Architects of Azerbaijan. 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
- ↑ „Gülçöhrə Hüseyn qızı Məmmədova“ (az). Azerbaijan State News Agency (2009-yil 5-fevral). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
- ↑ „AZƏRBAYCAN MEMARLIQ VƏ İNŞAAT UNİVERSİTETİNİN REKTORU FRANSANIN “AKADEMİK PALMA” ORDENİ İLƏ TƏLTİF OLUNMUŞDUR“ (az). Azerbaijan State News Agency (2009-yil 5-fevral). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
- ↑ „Memarlar İttifaqı ümummilli lider Heydər Əliyevin 90 illik yubileyinə həsr olunmuş plenum keçirmişdir“ (az). Azerbaijan State News Agency (2013-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
- ↑ „Gülçöhrə Məmmədova və Cavanşir Paşazadə “Şöhrət” ordeni ilə təltif ediliblər“ (az). Azeri Press Agency (2013-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.