Gulchohra Mammadova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulchohra Mammadova

Haqiqiy ismiGulchohra Mammadova Huseyn qizi
Tavalludi 24-aprel 1953-yil (1953-04-24) (70 yosh)
Millati Ozar
Sohasi Arxitektor

Gulchohra Mammadova Huseyn qizi (ozarbayjoncha: Gülçöhrə Hüseyn qızı Məmmədova). Ozarbayjonlik ayol arxitektori. Akademik, arxitektura fanlari doktori, Ozarbayjon arxitektura va qurilish universitetining prezidenti rektori (2021-yil). 2000 - 2005-yillarda Ozarbayjon Milliy Assambleyasi (OMA) deputati ham bo‘lgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulchohra Mammadova Husayn qizi 1953-yil 24-aprelda oʻsha paytda Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan Armaniston SSRning Ararat viloyatida tugʻilgan. Uning otasi Husayn Mammadov Armanistonda jamoat va siyosiy arbob bo'lgan. Uning otasi uzoq yillar yuqori siyosiy lavozimlarda ishlagan. 3 yil Armaniston Oliy Kengashi deputati bo‘lgan. Gulchohra 1971-yilda o'rta maktabni tugatgach, Ozarbayjon Politexnika institutining arxitektura fakultetiga o'qishga kiradi. 1976-yilda yangi tashkil etilgan Ozarbayjon Qurilish muhandislari institutining arxitektura fakultetini tamomladi[1].

Ilmiy martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1975-yil sentyabr oyida Mammadova Ozarbayjon qurilish muhandislari institutida komsomol kotibi etib saylandi. 1979-yilgacha bu lavozimda ishlaydi. 1979-yilda shu institutning “Arxitektura konstruksiyalari va yodgorliklarni taʼmirlash” kafedrasi assistenti lavozimida ishlay boshladi. Mammadova 1987-yilda kafedra mudiri, 1991-yilda dotsent, 2000-yilda professor lavozimlariga saylangan. 1999-yilda Ozarbayjon arxitektura va qurilish universitetining rektori etib tayinlandi[2].

Mammadovaning ilmiy faoliyati asosan Albaniya arxitekturasi va hozirgi Ozarbayjon hududidagi xristian diniy me'morchiligini o'rganish bilan bog'liq bo'lib, 70 dan ortiq ilmiy ishlarni amalga oshirgan. Shu jumladan, 2 monografiya, 5 kitob va 60 dan ortiq maqola muallifi hisoblanadi. U ko'plab yodgorliklarni qayta ta'mirlash ishlarini amalga oshirdi. Bular qatoriga Kish cherkovi, Nij cherkovi va Qum bazilikasini qayta tiklash va ilmiy rekonstruksiya qilish loyihalarini keltirish mumkin. 1985-yilda "Albaniyaning ilk o‘rta asr xristian arxitekturasi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1999-yilda "Albaniyaning diniy arxitekturasi" bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[3].

U ko'plab xalqaro ilmiy anjumanlarni tashkil etishda ishtirok etgan. Taqdimotlar qilgan, me'moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo'yicha bir qancha xalqaro loyihalarga rahbarlik qilgan. 1985-yildan Ozarbayjon meʼmorlar uyushmasi aʼzosi sifatida ishladi. Xalqaro fanlar akademiyasining Sharqiy Yevropa bo‘limi va Sharq mamlakatlari arxitekturasi xalqaro akademiyasining a’zosi. 2006-yilda u Ozarbayjonda xizmat ko'rsatgan arxitektor faxriy unvoniga sazovor bo'ldi[2]. 2009-yil 9-fevralda Mammadova Palmes akademiya ordeni bilan taqdirlandi. Mammadovaga ordenni Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Gabriel Keller topshirdi[4]. 2013-yilda akademik Mikayil Huseynov esdalik medali[5] va “Shohrat” ordeni bilan taqdirlangan[6].

Siyosiy martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2000-2005 yillarda Ozarbayjon Milliy Majlisida (OMM) va 2010-yildan boshlab 2015-yilgacha Yangi Ozarbayjon partiyasidan deputat bo‘lgan[2][1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Aliyeva. „Sənətin qüdrətinə tapınan alim“ (az) (2018-yil 30-iyun). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr. Aliyeva, Irada (30 June 2018). "Sənətin qüdrətinə tapınan alim". Azerbaijan (in Azerbaijani). p. 10. Retrieved 18 December 2020.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Azərbaycan Memarlıq və İnşaat Universitetinin rektoru, professor, memarlıq doktoru, Əməkdar memar Gülçöhrə Məmmədova“ (az). Union of Architects of Azerbaijan. 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  3. „Gülçöhrə Hüseyn qızı Məmmədova“ (az). Azerbaijan State News Agency (2009-yil 5-fevral). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  4. „AZƏRBAYCAN MEMARLIQ VƏ İNŞAAT UNİVERSİTETİNİN REKTORU FRANSANIN “AKADEMİK PALMA” ORDENİ İLƏ TƏLTİF OLUNMUŞDUR“ (az). Azerbaijan State News Agency (2009-yil 5-fevral). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  5. „Memarlar İttifaqı ümummilli lider Heydər Əliyevin 90 illik yubileyinə həsr olunmuş plenum keçirmişdir“ (az). Azerbaijan State News Agency (2013-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  6. „Gülçöhrə Məmmədova və Cavanşir Paşazadə “Şöhrət” ordeni ilə təltif ediliblər“ (az). Azeri Press Agency (2013-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.