Gujon Jan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

GUJON (Goujon) Jan (taxminan 1510— 1564/68, Bolonye) — fransuz haykaltaroshi, Uygʻonish davrining yirik vakili. Ruan (1540—41), Parij (1543— 44)da ishlagan. G. haykallari bezakdorligi va shakllarning mutanosibligi bilan ajralib turadi. Linyeri mehmonxonasi (hoz. Karnaval muzeyi, taxminan 1545), Luvr (1550-y.lar)ning haykaltaroshlik bezaklarini yaratgan. Kariatidalar zali (Luvr)dagi ayol haykallari, Sen-Jermen l’Okserrua cherkovi boʻrtma tasvirlari (1544, Luvr) va J. Gujon. "Nimfalar". Parijlash "yegunohlar favvorasi" relyefi (marmar, 1547—49, Luvr). "Begunohlar favvorasi" (1547—49, Parij) va b. yaratdi. Grafik rassom sifatida Vitruviy risolasini bezagan (yogʻoch gravyura, 1547).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil