Gugenotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gugenotlar - 16-18-asrlarda Fransiyadagi kalvinizm tarafdorlari. G.ning katoliklar bilan kurashi Diniy urushlarga aylangan. 1598 y.dagi Nant ediktiga koʻra G. diniy eʼtiqod erkinligiga ega boʻlib, bir muncha siyosiy mustaqillikni qoʻlga kiritganlar. Rishelye davrida (1629) G.ning siyosiy mustaqilligiga barham berilgan; Lyudovik XIVdavrida (1685) Nant edikti bekor qilingan, G. diniy eʼtiqod erkinligidan mahrum boʻlishgan, ular yoki katolik diniga oʻtishlari yoki Fransiyani tark etishlari lozim boʻlgan (G.ning koʻpchiligi mamlakatni tark etgan). 18-asr oxiridagi Buyuk fransuz inqilobi davrida G. katoliklar bilan teng huquqli boʻlishga erishganlar.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil