Gudzon boʻgʻozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gudzon boʻgʻozi — Labrador ya.o. bilan Baffin Yeri oraligʻidagi boʻgʻoz. Gudzon qoʻltigʻini Atlantika okeani bilan qoʻshib turadi. Uz. 806 km ga yaqin, kengligi 115—407 km. Chuq. 200 m dan 988 m gacha. Bir yilda 8 oy davom etadigan qor boʻronlari, tuman va suzib yuruvchi juda koʻp muz boʻlaklari kema qatnovini qiyinlashtiradi. Dengiz hayvonlari ovlanadi. Boʻgʻoz G. Gudzon nomiga qoʻyilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil