Gubkin Ivan Mixaylovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gubkin Ivan Mixaylovich [1871.9.(21).9, Pozdnyakovo qishlogʻi, hozirgi Nijniy Novgorod viloyati — 1939.24.4, Moskva] — rus geologi, Rossiya neft geol.sining asoschisi, akad. (1929). G.ning ilmiy ishlari neft geol.siga, Kavkazda neft konlarining ochilishiga, Volga va Ural daryolari oraligʻida "Ikkinchi Boku" deb atalmish neft bazasini yaratishga bagʻishlangan. U balchiq vulkanlarining paydo boʻlishi va tarqalishi, ularning neft konlari bilan bogʻliqligi haqidagi taʼlimotni yaratdi. G. neft geol.siga oid bir qancha asar va darsliklarning muallifi. RF Belgorod viloyatidagi shaqarlardan biri G. nomiga qoʻyilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil