Kontent qismiga oʻtish

Guanako

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Guanako (Lama guanacoe) — tuyasimonlar oilasining lamalar urugʻiga kiradigan sut emizuvchi hayvon. Tanasining uz. 120 — 175 sm, yagrinidan balandligi 90 — 100 sm, ogʻirligi 48 — 96 kg . Faqat Jan. Amerikaning aholi kam yashaydigan And baland togʻli chala choʻl mintaqasida yashaydi. Poda boʻlib yuradi. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. Soni kamayib bormoqda. Xonaki lamalarning yovvoyi ajdodi (qarang Lamalar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil