Gruziya sanʼat muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gruziya sanʼat muzeyi
gruzincha: საქართველოს ხელოვნების მუზეუმი
Gruziya sanʼat muzeyi binosi. Surat muallifi Dmitriy Ivanovich Yermakov (1846–1916)
Gruziya sanʼat muzeyi binosi. Surat muallifi Dmitriy Ivanovich Yermakov (1846–1916)
Asos solingan sana 1-fevral 1920-yil
Joylashuvi Tbilisi, Gruziya
Turi sanʼat muzeyi
Sayt Museum of Fine Arts

Koordinatalari: 41°41′49.28″N 44°48′2.60″E / 41.6970222°N 44.8007222°E / 41.6970222; 44.8007222 G O


Gruziya sanʼat muzeyi (GSM) (gruzincha: საქართველოს ხელოვნების მუზეუმი, sak’artʼvelos khelovnebis muzeumi), shuningdek, Shalva Amiranashvili Tasviriy sanʼat muzeyi nomi bilan ham tanilgan, Gruziya hududidagi yetakchi muzeylardan biri. Gruziya sanʼat muzeyi Tbilisi shahridagi Ozodlik maydoni yaqinida joylashgan boʻlib, unda gruzin, sharq, rus va boshqa Yevropa sanʼatiga aloqador 140 000 ga yaqin eksponatlar mavjud.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tbilisida (Tiflis) 1920-yil 1-fevralda gʻarbda taʼlim olgan yosh gruzin rassomlari saʼy-harakatlari bilan hozirgi muzeyning oʻtmishdoshi boʻlgan Milliy sanʼat galereyasi ochilgan. U 1923-yil avgustda Tbilisida faoliyat boshlagan Markaziy tasviriy sanʼat muzeyiga aylanib ketgan. Qoʻshimcha eksponatlar turli xil kichik kolleksiyalardan yigʻilgan. 1932-yil oxirida muzey eski shaharning markaziga, 13-asrda qurilgan Metexi cherkovi oʻrniga koʻchirilgan.

Lukas Kranaxning 16-asrga oid „The Procuress“ kartinasi oʻgʻirlangan va 2004-yilgacha Gruziya sanʼat muzeyiga qaytarilgunga qadar oʻn yil vaqt oʻtgan[1].

1945-yilda Sovet va Fransiya hukumatlari oʻrtasidagi maxsus kelishuvga koʻra, Gruziya milliy xazinasini tashkil etuvchi koʻplab sanʼat asarlari — qoʻlyozmalar, metall buyumlar, zargarlik buyumlari, emallar, rasmlar — 1921-yilgi Qizil Armiya bosqinidan keyin surgundagi Gruziya hukumati tomonidan evakuatsiya qilingan. Barcha nodir buyumlar Tbilisiga qaytarilgan va muzey kolleksiyasiga qoʻshilgan. Toʻplamning shakllanishida muzeyga oʻttiz yildan ortiq rahbarlik qilgan atoqli gruzin sanʼatshunosi Shalva Amiranashvili (hozirda muzey uning nomi bilan ataladi) muhim rol oʻynagan.

Muzey 1950-yilda rasmiy ravishda Gruziya sanʼat muzeyi sifatida tanilgan, xuddi shu yili u hozir egallab turgan binoga koʻchirib oʻtkazilingan. 1838-yilda neoklassik uslubda qurilgan mazkur binoda, Rossiya imperiyasi davrida Tiflis diniy seminariyasi faoliyat yuritgan.

Muzey 2004-yil oxirida Gruziya milliy muzeyini tashkil etuvchi boshqa muzeylar bilan qoʻshma maʼmuriyat ostida birlashtirilgan.

Toʻplamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey binosining keng xonalarida gruzin, sharq, rus va yevropa sanʼati boʻlimlari boʻlib, ularda noyob kolleksiyalar saqlanadi.

Muzey kolleksiyalarining eng muhimi tabiiyki, Gruziya sanʼati boʻlib, qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha badiiy madaniyatning koʻp asrlar davomida rivojlanishini oʻzida aks ettiradi. Sharq boʻlimi oʻzining hajmi va ahamiyatiga koʻra keyingi oʻrinda turadi va postsovet mamlakatlaridagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Fors tasviriy sanʼati, xususan, Qajar sanʼati naʼmunalari Sharq kolleksiyasining eng muhim qismini tashkil etadi. U fors saroy rassomlarining bir nechta miniatyuralarini oʻz ichiga oladi. Jumladan, saroy goʻzallari tasviri, shohlar va zodagonlarning portretlari ayni shu boʻlimda namoyish etiladi.

Muzeyda tez-tez mamlakatdagi va xorijdagi boshqa kolleksiyalar tarkibida boʻlgan asarlarning vaqtinchalik koʻrgazmalari oʻtkaziladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gruziya Tbilisi sanʼat muzeyi, Tamaz Sanikidze tomonidan tuzilgan va kiritilgan (1985), Aurora Art Publishers, Leningrad.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]